ta'limiy maqsad - unlilar va ularning imlosi haqida boshlang'ich sinfda olgan bilim va ko'nikmalarni takrorlash;
tarbiyaviy maqsad - ona yurtga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hislarini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - savodxonlikni o'stirish, erkin fikr-lash, topqirlik qobiliyatlarini uyg'otish.
Darsning turi: takrorlash.
Darsning usuli: suhbat, savol-javob, musobaqa.
Darsning jihozi: Darslik , kompyuter, qo‘llanma.
Darsning borishi:
I.Darsni tashkil qilish:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
II.O‘tilgan mavzuni qaytarish:
a) til-ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?
b) o‘zbek tiliga davlt tili maqomi berilishi haqida;
d) til to‘g‘risidagi maqollardan ayting.
III.Yangi mavzu bayoni:
O'zbek tilida unli tovushlar va unli harflar.
"I" va "u" unlilari imlosi.
."E"va"o'"unlilari imlosi.
"A" va "o" unlilari imlosi.
O'quvchilar fonetika bo'yicha boshlang'ich bilimlarni 2-,3-sinflarda olganlar. 4-sinfda esa ularga takrorlash soatlari ajratilmagan. Tabiiyki, o'quvchilar uni unutgan bo'lishlari mumkin, shuning uchun dars savol-javobdan boshlanadi. O'qituvchi bolalarga yordam ko'rsatishi, ularga darsga yo'llovchi, yodlariga tushiruvchi savollarni berishi kerak. Ush-bu darsda berilgan barcha mashqlar ham aynan shunga qaratilgan.
10-mashq og'zaki bajartiriladi. «I» unlisi qaysi so'zlarda aniq, qaysi so'zlarda qisqa talaffuz qilinayotgani va ularning yozilishiga e'tibor qa-ratiladi.
12-mashqni sinfda hamma o'zi bajaradi. Har bir so'zni bir o'quvchi sinf taxtasiga chiqib, navbatma-navbat yozib tursa, bolalar o'zlarining to'g'ri yoki noto'g'ri yozishayotganini tekshirib borish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
13-mashqni juda qiziqarli shaklda va mazmunli o'tkazish mumkin. Sinfdagi ikki o'quvchi yoki ikki-uch guruh o'rtasida musobaqa shak-lida o'tkazilsa bo'ladi.
Iqtidorli o'quvchilarga "o"' unlisini talaffuzda farqlovchi so'zlarga misol topishni qo'shimcha topshiriq qilib berish mumkin. Masalan: xo'roz - xo'tik kabi.
Bunda mashqda berilgan har bir maqol izohlanadi.
14-mashqda berilgan boshqotirmani sinf taxtasida hamma birgalik-da bajarishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usulning bolalar uchun juda qiziqarli bo'lishi tajribada ko'rilgan.
To'g'ri javoblar: 1) Asaka; 2) Hasan; 3) harakat; 4) dakan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Unli tovushlar deb nimaga aytiladi?
Unlilarning oziga xos xususiyatlarini aytib bering
Nima uchun unli deyilishini tushuntiring
V.O‘quvchilarni baholash.
VI.Uyga vazifa: 14-mashq
Ko’rildi: __________________________ 7. 09.2016
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 4
Mavzu: Ayrim undoshlarning yozilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |