MASHQLAR BAJARISH
Topshiriq. Quyidagi gapni so'zlarga, so'zlarni bo'g'inlarga, bo'g'inlarni tovushlarga bo'ling.
Dalalarda boshlanadi ish.
341-mashq. Quyidagi harflarni yuqoridan pastga, so'ngra pastdan yuqoriga qarab o'qib ко'ring, pastdan yuqoriga qarab o'qilgandagi gapga e'tibor qiling.
A CH T CH
L N R N
I I U I
О T Y T
342-mashq. Hazil topishmoqlarning javobini toping. Ularda tovushlarning tutgan o'rnini belgilang.
Kel-kel desam kelmaydi, kelma desam keladi. Olamda-yu odamda bitta, elatda yo'q, odoblida ikkita. U nima? Unli bilan boshlanadigan oylar ko'pmi, undosh bilan boshlanadigan oylarmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |