KO'CHIRMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad - ko'chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishini tushuntirish;
Tarbiyaviy maqsad - do'stlikni qadrlash tuyg'ularini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad - mantiqiy fikrlashga o'rgatish.
Darsning jihozi: ko'chirma gap bo'yicha shartli belgi va chizma-lar.
Darsning rejasi:
Ko'chirma gaplarda tinish belgilari.
Ko'chirma gaplarning shartli belgilanishi.
O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1. Ko'chirma gap deganda nimani tushunasiz?
2. Muallif gapi deganda-chi?
3. Ko'chirma gap qanday tinish belgilari bilan yoziladi?
YANGI MAVZU BAYONI
Ko'chirma gap muallif gapidan oldin, uning o'rtasida, oxirida, ikki chekkasida kelishi mumkin. Shunga ko'ra yozuvda ular orasida turlicha tinish belgilari ishlatiladi.
Muallif gapi ko'chirma gapdan oldin kelsa, undan so'ng ikki nuqta qo'yiladi, ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinib, bosh harf bilan yoziladi. Masalan:
Xalqimiz shunday deydi: «Hunar-zar, hunarsiz-xor». Ko'chirma gap so'roq yoki his-hayajon gap bo'lsa, qo'shtirnoq yopilishidan oldin so'roq yoki undov belgisi qo'yiladi.
Masalan: Men undan so'radim: «Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul terding kimga?» Bulbul der: «Ochil, g'uncha...» (Mirtemir) Ko'chirma gap darak gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan so'ng nuqta qo'yiladi.
Masalan:Donolar deydi:«Aql bo'ylik bilan o'lchanmas».
Muallif gapi ko'chirma gapdan keyin, uning o'rtasida yoki ko'chirma gap muallif gapining o'rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.
Misollar: 1. «Aqlli kishi sabr etar har nafas», - deydi Sa'diy Sheroziy. 2. «Jaholat o'lim, - deb aytadi Nosir Xisrav, - bilim esa tiriklikdir». 3. Alisher Navoiy: «Oz-oz o'rganib dono bo'lur, Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur», - deb aytgan edi
Ko'chirma gapli qo'shma gap tuzilishini quyidagicha i ifodalash mumkin: M: «K». «K»,-m. «K,-m,-k». M: «K»,- m. M, m belgilari muallif gapini, K, k belgilari ko'chirma gapni I ifodalash uchun qo'llanilgan.
Ko'chirma gaplarda tinish belgisining ishlatilishi darslikda batafsil bay on etilgan. Jonli, hayotiy hamda oson tushunilishi uchun qo'shimcha ravishda quyidagicha usul qo'llash murnkin.
Sinfdagi istalgan bir o'quvchidan sodda darak gap aytish so'raladi. U gap tuzadi: Hilola mening dugonam. O'qituvchi sinf doskasiga, o'quvchilar daftariga bu gapni yozadilar. Ikkinchi bir o'quvchidan gapni kim tomonidan aytilayotganligi, uni ko'chirma gapga aylantirish so'raladi: «Hilola mening dugonam», - dedi Mohinur. O'qituvchi gapni yozar va yozdirar ekan tinish belgilarini izohlaydi. Keyin ko'chirma va muallif gaplarining o'rnini almashtirib ko'rsatadi: Mohinur dedi: «Hilola mening dugonam». Endi uni so'roq va undov gapga aylanti-ramiz:
«Hilola mening dugonammi?» - dedi Mohinur.
«Hilola mening dugonam!» - dedi Mohinur.
Mohinur dedi: «Hilola mening dugonammi?»
Ba'zan muallif gapi ko'chirma gap ichida kelishini o'qituvchining o'zi gapni o'zgartirib, yozib ko'rsatishi kerak: «Hilola, - dedi Mohinur, -mening dugonam». Hosil bo'lgan gaplarning shartli belgilanishini yozib ko'rsatiladi:
1.«К», - m. 2.M: «К». 3.«К?» - m. 4.«К!» - m. 5.M: «К?» 6.«К, -m, - k».
O'quvchilarga batafsil tushuntirilgach, Bugun yomg'ir yog'adi ga-pini shu olti gap qoliplariga mos ravishda yozish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |