Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad – yozilgan nazorat ishlarini tahlil qilish, xatolar ustida ishlash;
Tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarga do’stlik, ahil-inoqlik fazilatlariga ega bo’lishga undash;
Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash
malakasini shakllantirish.
Darsning turi: nazorat ishi tahlili
Darsning jihozi: Darslik, nazorat ishi daftarlari
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
Nazorat ishi daftarlari o’quvchilarga tarqatib beriladi.Xatolar ustida ishlanadi.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Nazorat ishining tahlilida o'quvchilarni xatolar ustida ishlashga o'rgatish, ularning o'z harakatiga tanqidiy qarash tuyg'usini tarbiyalash hamda og'zaki va yozma savodxonlikni o'stirish kabi maqsadlar belgilanadi.
Dars quyidagicha rejalashtiriladi.
Imlo xatolar ustida ishlash.
Uslubiy xatolar ustida ishlash.
Ishoraviy xatolar ustida ishlash.
Bayonda xatolarni guruhlash quyidagicha bo'lishi lozim.
reja asosida mavzuni izchil yoritish (to'g'ri kelgan fikrni yozib mavzuga amal qilmaslik);
ma'nodosh, shakldosh va paronim so'zlarni o'rinli qo'llash (bog'lanmaydigan so'zni bog'lash);
mantiqiy (gapni gapga bog'lamaslik);
ijodiy va mustaqil fikrlay olishi;
ishni xulosalash;
badiiy tasvir vositalaridan o'rinli foydalanish va h.k.
Yozilgan nazorat ishlari quyidagi BKM (Bilim, ko’nikma, malaka elementlari asosida ) tekshirildi:
1. Imlo savodxonligi
2. Ishoraviy savodxonligi
3. Uslubiy savodxonligi
4. bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilganligi
5. Husnixati
Avvalo, eng chiroyli, yuqoridagi BKM elementlari asosida yozilgan nazorat ishi egalari nomi aytiladi va rag’batlantiriladi.
Dastlab imlo xatolari ustida ishlanadi. Imlo xatoga yo’l qo’ygan so’zning to’g’ri variantini o’n marta sinf daftariga yozib chiqadi. Bu shu so’zning imlosini yodda saqlab qolishga yordam beradi.
So’ngra tinish belgilari bo’yicha yo’l qo’yilgan xatolar tahlil qilinadi. Tinish belgilari yuzasidan olingan bilimlar takrorlanadi.
So’ngra uslubiy xatolar ustida ishlanadi. Gap tuzish qoidalari eslatib o’tiladi
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa: Takrorlash
Ko’rildi: _________________________21. 02.2017
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 128/34
Mavzu: AYRIM UNDOSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
Do'stlaringiz bilan baham: |