MASHQLAR BAJARISH
393- mashq. Maqollarni o'qing, o' tovushining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling, so'ng gaplarni daftaringizga ko'chirib oling.
QO'RQOQ BO'LMANG
Qo'rqoqning ko'zi katta, ahmoqning so'zi katta. Qo'rqoq oldin musht ko'tarar. Arslonning bo'kirgani - sichqonning o'lgani. Qo'rqoq, qo'rqoqning oyog'i cho'loq. Qo'rqoqning o'z quroli o'ziga yov. Botir bir marta o'lar, qo'rqoq yuz marta.
394-mashq. Quyidagi so'zlarni talaffuz qiling. O' unlisining talaffuzi va imlosini izohlang.
O'yin, o'jar, o'rdak, o'rta, o'tkir, o'tin, o'sha, o'q, o'choq, o'quvchi, o'rmon.
Do'stlaringiz bilan baham: |