MASHQLAR BAJARISH
318-mashq. Nasihatni o'qing va yod oling. Juft so'zlarni topib ko'chiring.
Ota-onaga munosabatda bo'lishning ba'zi qoidalarini bilib oling. Birinchisi, ularga yurak-yurakdan xizmat qilmoqlikdir. Ikkinchisi, imkoni boricha, ularning hurmatlarini joyiga qo'ying. Uchinchisi, har qanday buyruqlariga gap-so'zsiz itoat qiling. To'rtinchisi, buyruq kutib ularning yuz-ko'zlariga termulib o'tirishni odat qiling. Beshinchisi, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
319- mashq. Ko'chiring. Juft so'zlarning yozilishiga diqqat qiling.
Qarittdosh-urug', el-yurt, kecha-yu kunduz, uch-to'rt, bordi-keldi, shirin-u shakar, erta-indin, katta-kichik, yor-u do'st, baxt-saodat, besh-olti
320- mashq. Nuqtalar o'rniga mos so'zlar qo'yib juft so'zlar yasang va ularni ko'chiring.
Ona... ,
mayda...,
baland... , daftar...,
erta..., besh... ,
qing'ir..., keldi...,
u..., ekin...
Do'stlaringiz bilan baham: |