Darsning texnologik xarita



Download 45.33 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi45.33 Kb.
Shovot tuman 26-umumta’lim maktabi Matematika fani o`qituvchisi Matyoqubova Dinora Bahodirovnaning 5-sinf matematika fanidan

bir soatlik





Shovot-2017 yil



Darsning texnologik xarita

Sinf: 5 ”A”

Sana:17.03.2017

Mavzu

O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad –O`quvchilarda o`nli kasrlarni qo`shish va ayirish qoidalari,sonning xona birliklari bo`yicha yoyilmasiga oid bilim, ko`nikma hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad- o`quvchilarni o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik, madaniyatlilikka o`rgatish, yangi bilimlar egallashga bo`lgan qiziqishini oshirish;

Rivojlantiruvchi maqsad- o`quvchilarning o`nli kasrlar ustida bajariladigan amallarga oid bilim,ko`nikmalarini masalalar yechishda mustaqil qo`llay olish malakasini oshirish.

O`quv jarayonining mazmuni

O`quvchilarda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish. O`quvchilarni darsdagi faolligini oshirish.

O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: noan’anaviy

Dars metodi: guruhlarda ishlash, aqliy hujum

Dars jihozi: darslik, tarqatmalar, elektron darslik,ko`rgazmalar,elektron resurslar, rag`bat kartochkalari.


Kutiladigan natijalar

O`quvchilar mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo`ladilar.

O`qituvchi belgilangan vaqt ichida o`quvchilarning o`zlashtirishini nazorat qilish.



Kelgusi rejalar

O`quvchi mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o`rganadi. Boshqa fanlarda qo`llay olish malakasi shakllanadi.

Darsning blok-chizmasi




Darsning bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa




2

O`tilganlarni takrorlash

9 daqiqa

Sj,MY

3

Asosiy qism

20 daqiqa

AH,M,MY

4

Mustahkamlash

11daqiqa

BST,MY

5

Uyga vazifa

2 daqiqa





Darsning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilar va o`quv xonasini darsga tayyorgarligini ko`zdan

kechirish,davomatni aniqlash,guruhlarga ajratish.



Har bir qatorni bir guruh qilib nomlaymiz:

I guruh “To`g`ri kasrlar”, Qanday kasrlar to`g`ri kasrlar deyiladi?

II guruh “Noto`g`ri kasrlar”, Qanday kasrlar noto`g`ri kasrlar deyiladi?

III guruh ”O`nli kasrlar”. Qanday kasrlar o`nli kasrlar deyiladi?
Dars shiori: Matematika fanlar ichra shoh-uning sirlaridan bo`laylik ogoh.

Dars jarayoni:

O`tilgan mavzuni slayd orqali topshiriq beriladi va “tezkor savol-javob” yordamida takrorlab olinadi.

Minoralardan eng katta va eng kichiklarini ko`rsating.



Islom Xo`ja minorasi- 44,5m

Vobkent minorasi- 39 m

Jarqo`rg`on minorasi- 21,6 m

Kalta minor- 28 m

Minorayi-Kalon- 45,5 m

1-guruh:

1. qanday kasr? (To`g`ri kasr)

2. Sanoqda ishlatiladigan sonlar ? (Natural sonlar)

3. 1 m kattami yoki 80 sm? (1 m > 80 sm)

4. 5 ning kubi nechaga teng? (125)

5 .6+6-2=? (10)

2-guruh:


1. qanday kasr? ( Noto`g`ri kasr)

2. Eng kichik natural son? (1)

3. 5 kg kattami yoki 4500 gr? (5 kg)

4. 10 ning kvadrati nechaga teng? (100)

5. 8+7-5=? (10)

3-guruh:


1. qanday kasr? (O`nli kasr)

2.Matematikada nechta raqam bor? (10 ta)

3.1 km kattami 1000 m? (=)

4. 3 ning kubi nechaga teng? ( 27 )

5. 8+8-8=? (8)
Asosiy qism:

Yangi mavzu bayoni .

Yangi mavzu slayd materiallari asosida tushuntiriladi.

“Aqliy hujum” metodidan foydalanib o`quvchilarga muammoli savol beriladi va shu savol yechimi orqali yangi mavzu tushuntiriladi.



  • Savol: Hozir qaysi fasl? (Bahor) Bahorda qanqay ishlar qilinadi?

(Dalalar shudgor qilinadi.)

Azizbekning otasi fermer edi.Otasi Azizbekka savol berdi:o`g`lim kecha biz dalada 2,65 gektar yerni,bugun esa 6,32 gektar yerni shudgor qildik Qani o`g`lim aytchi ikki kunda biz qancha yerni shudgorladik?

Har bir guruhdan masalani qanday qilib yechish usuli so`raladi.

Masalani yechishda



2,65+6,32=? yig`indini topish zarur.
Qo`shiluvchilar o`nli kasr sonlar bo`lgani uchun ularni yig`indisini topish

elektron darslik yordamida o`quvchilarga tusuntiriladi.






O`nli kasrlarni qo`shish (ayirish) uchun

  • oldin ularning verguldan keying raqamlari soni nollar qo`yib tenglashtiriladi;

  • so`ng ular “ustun” qilib,vergul vergulning tagiga tushadigan qilib yoziladi;

  • vergulga e’tibor bermasdan qoshish (ayirish) bajariladi;

  • hosil bo`lgan songa tepadagi o`nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo`yiladi.

0,666=0,6+0,06+0,006 yozuv 0,666 sonining xona birliklari bo`yicha yoyilmasi deyiladi.

3-misol


124,576 kasrni xona birliklari bo`yicha yoyaylik.

124,576=100+20+4+0,5+0,07+0,006
1 2 4 , 5 7 6
yuzlar o`nlar birlar o`ndan yuzdan mingdan

birlar birlar birlar

O`nli kasrlarni xona birliklari bo`yicha ham taqqoslash mumkin.

Masalan: a) 4,32 va 6,2 taqqoslang.

4,32 sonining butun qismi 6,2 sonining butun qismidan kichik (4<6).

Demak, 4,32<6,2.

b) 3,491 va 3,46 taqqoslang.

Bu sonlarning butun qismi-3, o`ndan birlar xonasida turgan raqmlari esa 4 ga teng bo`lib, ular o`zaro teng. Lekin birinchi kasrning yuzdan birlar xonasida turgan 9 raqami, ikkinchi kasrning yuzdan birlar xonasida turgan 6 raqamidan kata(9>6).Demak 3,491> 3,46.

Darslikdagi 819-masala o`quvchilar bilan muhokama qilinib,doskada bajarib ko`rsatiladi.

Yechish:


2,14+3,65=5,79

5,79


Javob: 5,79 t

820-misol har bir guruhdan ikkitadan o`quvchi og`zaki javob beradi.

Sinf doskasi teng 3 ta bo`lakka bo`linib,821-822-misollarni doskada har bir guruhdan musobaqa tarzda bitta o`quvchi qo`shish amalini mustaqil bajarishadi.



821-misol

  1. 8,23+2,18 =10,41 b) 11,35+6,47=17,82 d) 82,12+54,42=136,54

e) 4,22+10,82=15,04 f) 10,32+10,01=20,33 g) 0,321+0,346=0,667

822-misol

a) 6,83+5,1= 11,93 b) 1,3+6,47= 7,77 d) 82,1+5,42=87,52

e) 4,20+0,8=5 f) 10,52+10=20,52 g) 1,3+0,346=1,646

823-misol og`zaki bajariladi.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalari berib boriladi.



Mustahkamlash.

Har bir guruhga slayd va tarqatmalar orqali test savollari beriladi.



1-savol

Yig`indini toping.

2001,6+15,4=?


  1. 3541,6

  2. 2017

  3. 2016,10

2-savol

Ayirmani toping.

564,12-543,12=?


  1. 21

  2. 21,12

  3. 21,24

3-savol

Ayirmani toping.

78,95-78,65=?


  1. 0,5

  2. 1,3

  3. 0,3

Test javoblari ketma-ket yoziladi: 2017 21 0,3

Hosil bo`lgan ifoda qanday sanani anglatadi?(21-mart “Navro`z” bayrami bilan barcha o`quvchilar tabriklanadi.)

Slayd orqali o`quvchilarga qiziqarli topshiriq berib,ularning mantiqiy fikrlashi diqqat e’tibori nazorat qilinadi.



1-Savol

Qayin daraxtida 8 ta shox va har bir shoxda 8 ta olma bo`lsa, hammasi bo`lib nechta olma bor? (Javob: Qayin daraxtida olma bo`lmaydi.)

2-savol.

Rasmlarni farqini toping.


Darsni yakunlash: Guruhlar to`plagan ballari bo`yicha g`olib guruh aniqlanadi.To`plagan ballariga qarab o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: № 834-835 misollar.



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa