Slayd 14
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar:
Bunday so‘zlarning o‘zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirishga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o‘ynagan:
arablar istilosi;
islom dinining keng tarqalishi;
arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi;
madrasalarda arab tilining o‘qitilish;
turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;
olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.
Slayd 15
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi:
So‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila.
Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingin unli kuchli va biroz cho‘ziq aytiladi. Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, kabi so‘zlarda bo‘g`inlar ayirib tallaffuz qilinadi.
Semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |