Slayd 12
Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Tarixchi B.G`ofurovning yozishicha, o`zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi yaqinlik milodiy VI asrda boshlangan. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab bir-birlariga doimo xo‘jalik, iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy munosabatlarda bo‘lib kelganlar.
Hozirgi o‘zbek tilida fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badbo‘y, badjahl, ozoda), ravishlar (banogoh, do‘stona, tez), bog`lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal so‘zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |