KBR komponentlari:
1 .Tekshiriladigan qon zardobi - hayvonlardan olinadi.
2.Standart zardob (musbat natijali)- biofabrikalarda tayyorlanadi.
3.Normal zardob (manfiy natijali) – sog’lom hayvondan olinadi.
4. Kompliment (oqsil tabiatli modda bo’lib, hayvon va odamlar zardobi, limfa, to’qima syuyqliklarining tarkibiy qismi) - biofabrikada dengiz cho’chqasining qon zardobidan tayyorlanadi. Aniq titrda suyultirilgan tayyor ishchi eritmasi ishlatiladi.
5.Antigen - aniq mikrobdan biofabrikada tayyorlanadi. Ularda seriya raqami, faolligi (titri) va qancha suyultirishi ko’rsatilgan bo’ladi.
6. Gemolizin - biofabrikada, qo’y eritrotsitlari bilan quyonni giperimmunlab tayyorlanadi. 1:1 nisbatda glitserin qo’shilgan bo’ladi. Aniq titrda suyultirilgan tayyor ishchi eritmasi ishlatiladi.
7. Qo’y eritrotsitlari 1:40 (2,5%) fiziologik eritmada tayyorlanadi.
8. Fiziologik eritma (0,85% li NaCl).
Do'stlaringiz bilan baham: |