Ijobiy natijada qon zardobidagi antitelolar bakteriolitik sistemada antigen bilan birikib, undagi komplimentni o’ziga bog’lab oladi. Natijada germolitik sistema qo’shilgandan keyin eritrotsitlar lizisga uchramaydi (eritrotsitlar cho’kmaga tushadi).
Manfiy natijada antigen - antitelo kompleksi hosil bo’lmaydi, kompliment erkin qoladi, u gemsistemadagi eritrotsitlar bilan gemolizinning o’zaro ta'sirida qatnashib eritrotsitlarni lizisga uchratadi. Probirkada suyuqlik, tiniq, qizil rangda bo’ladi, cho’kma bo’lmaydi.
Kompliment bog’lash reaksiyasini qo’yishdan maqsad:
1.Kasal hayvonning qon zardobidagi spetsifik antitelolarni aniqlash (brutselloz, peripnevmoniya, manqa, leptospiroz va boshqalarda).
2.Tekshirilayotgan patmaterialdagi spetsifik antigenni maxsus immun zardob ishtirokida aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |