XushfAAe’l ostgo‘y Mehribon Samimiy Do‘st
II.Yangi mavzu bayoni.
“Aqliy hujum” metodi:
-Kishilik olmoshlari qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
O‘quvchilar bu savolga o‘z bilaganlaricha javob beradilar. O‘qituvchi ularning javoblarini umumlashtiradi.
Demak, Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi.
“O‘rnini top?” ta’limiy o‘yini:
O‘qituvchi kelishik qo‘shimchalari qo‘shilgan kishilik olmoshlari yozilgan tarqatmani stol ustiga tartibsiz qo‘yib chiqadi. Har bir guruh ushbu tarqatmani o‘z o‘rniga qo‘yish topshirig‘ini oladi.
Namuna: mening, menga, mendan, men, menda, meni
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
B.k.
|
Q.k.
|
T.k.
|
J.k.
|
O’.p.k.
|
Ch.k.
|
Men
|
Mening
|
Meni
|
Menga
|
Menda
|
Mendan
|
Darslik bilan ishlash. 350-mashq asosida tushuntirib beriladi. She’r o‘quvchilarga o‘qitiladi. She’rdan kishilik olmoshlarini topib, daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Ularning asos va qo‘shimchalarini belgilaydilar.
Namuna:Senga (sen-asos, -ga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi)
1 -topshiriq (o‘yin)
Ekranda she’r bittadan namoyish etiladi. She’r ostida ajratilgan so‘zlarni tahlil qilish uchun yarim oval, yarim uchburchak va yarim to‘rtburchak beriladi. O‘quvchilar kishilik olmoshlarga yarim oval, kelishik qo‘shimchalariga yarim to‘rtburchak qo‘yish lozim bo‘ladi.
Ular kishilik olmoshlarini topib, asos va qo‘shimchalarini tegishlicha belgilaydilar.
Mashqni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, quyidagi topshiriq beriladi.
O‘ylab ko‘ring!
Kishilik olmoshlari qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
Eslab qoling!
Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
260-mashqning sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi. Kishilik olmoshlarini o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiradilar. Kishilik olmoshlarining qaysi kelishikda ekanini qavs ichida yozadilar.
Namuna: men (bosh kelishik), mendan (chiqish kelishigi)...
2 -topshiriq.
261-mashq multimedia ilovasi asosida quyidagicha tashkil qilinadi.
O‘quvchilar gaplarni o‘qiydilar. Kishilik olmoshlarini o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga belgilaydilar. Kishilik olmoshlarining qaysi kelishikda ekanini aytadilar.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Dars yakunida har bir guruh o‘zlari yaratgan gulzori haqida , obodonlashtirishga qo‘shgan hissasi haqida gapirib beradi.
O‘qituvchi qaysi guruhning gulzorida gullar ko‘pligiga qarab, “Eng faol guruh”, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar esa “Bilimdon”, “Sinfimiz faxri” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.
VI. Uyga vazifa.
262-mashq. Mashq shartiga ko‘ra bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |