Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. O`quvchilarni ishning mazmuni bilan tanishtirish.
II.Kichik guruhlarda ishlash:
Bunda guruhlarga 52-55 mavzularga oid bir xil topshiriq beriladi, bajarilgan topshiriqlar taqqoslanadi.
1.Atamalar ro`yxatini tuzing.
2.Ushbu mavzular xronologiyasini tuzing.
3.Shaxs nomlarini yozing.
4.Joy nomlarini yozing.
Yuqoridagi topshiriqlarni bajarishda har birini yozgandan so`ng ularni izohlash kerak, bunda guruh a`zolarining hammasi navbat bilan qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |