Mil. avv. VIII – VI asrlarda ko‘pdan-ko‘p yunon koloniyalari tashkil topdi. Bu davr tarixda Buyuk Yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi. Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, miloddan avvalgi VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi.
Alifbo 24 ta harfdan iborat bo‘lgan. Ular orasida unli harfl ar paydo bo‘ldi. Koloniyalar va yunon shaharlari o‘rtasida mahsulot ayirboshlanishi savdo-sotiq va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos yaratdi. Koloniyalardan Elladaga g‘alla, metallar va qullar keltirilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |