Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi



Download 1,7 Mb.
bet93/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Urartu davlati Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan ko’llari oralig’ida joylashgan edi. Aholisini urartlar deyishgan. Yagona davlat tashkil topishi Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini tezlashtiradi. Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo’lmagan Urartu qo’shinlari to’g’ridan to’g’ri janglarga kirmaslik taktikasiga amal qilardi­lar. Miloddan avvalgi IX asrda Sardur hukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlari­ga chiqadilar, ossuriyaliklar ustidan g’alaba qozonadilar. Ammo miloddan avvalgi 704-yilda ossuriyaliklar qo’shinlari urartlar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bir qancha Urartu hukmdorlari davrida jamlangan ulkan xazina g’oliblar qo’liga o’tdi. Teyshebaini shahridagi qal’a ishg’ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu pod­sholigi ancha zaiflashib qoldi, uni ko’chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o’ziga tobe ayladi. Мil. avv. 590-yilda Urartu podsholigi ham tarix sahnasidan ketdi.

Qadim zamonlarda Finikiya O’rtayer dengizining sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan edi. Finikiyaliklar dehqonchilik bilan shug’ullanganlar, bog’lar va uzumzorlarni parvarishla­ganlar. Finikiya ninabargli daraxt - kedrli o’rmonlarga kon edi. Kedr yog’ochidan kemalar yasashardi. Kedr qatroni (smo­lasi) mumiyo tayyorlash uchun Misrga keltirilardi. Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg’ulotlaridan biri bo’lgan. Finikiyaliklar qo’shnilariga yog’och, metallar va gazlamalar sotardilar. O’rtayer, dengizi sohilida Tir, Sidon, Ugarit singari уirik dengiz bo’yi shaharlari vujudga keldi. Finikiyaliklar dengizchilik ishini a’lo darajada bilishgan. Мil. avv. II mingyillikdayoq ular Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos soldilar. Shundan keyin finikiyaliklar Afrika, Ispaniya sohillarida, Sardiniya va Sitsiliya orollarida ham paydo bo’lishdi. Mil. avv. X-IX asrlarda Finikiyada Tir-Sidon podsholigi vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda bu davlatni Ossuriya podsholigi bosib oldi. Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo’lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o’zlashtirib oldilar, ularga unli harflarni ham qo’shib qo’ydilar.

Mil. avv. II mingyillik o’rtalarida Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari ko’chib joylashdilar. Mil. avv. IX asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiya podsholigiga birlashtirildi. Isroil podsholigi ossuriyaliklar zarbasidan parchalanib ketdi. Мil. avv. 586 yilda Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi. Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to’plami "Bibliya"ga jamlangan, bu so’z yunonchadan "kitob" degan ma’noni anglatadi. "Bibliya"da Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar - Odam ato va Мomo havo yaratilishi, Yer yuzini To’fon tutganligi haqida va boshqa rivoyatlar mavjuddir.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish