Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi



Download 1,7 Mb.
bet208/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza”

Miloddan avvalgi IV asrda Filipp II Makedoniya podshosi bo’ldi. U kuch­li armiya tuzdi. Мil. avv. 338-yilda Xeroneya yaqinida makedonlar yunonlar qo’shinini tor-mor etib tashladi. Ana shu jangda Filippning o’g’li navqiron Aleksandr alohida jasorat ko’rsatdi. Korinf shahrida yunon shaharlari elchilarining kengashi to’plandi. Unda Filipp Fors podsholigi ustiga yurish maqsadida yunonlar va makedonlar harbiy ittifoqini tuzishni taklif qildi. Filippning o’zi Sharqqa yurishni amalga oshira olmadi. Мil. avv. 336-yilda Filipp teatrga borganida saroy xizmatkor­laridan biri unga xanjar urdi. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya pod­shosi bo’ladi. Shu уili u 20 yoshga to’lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g’ayriodatiy kuch-g’ayrat va jaso­rat sohibi bo’lgan, safdoshlari va qo’shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Мil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hudud­larni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular haqida mufassal ma’lumotlar qoldirgan. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda O’rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg’a bo’lgan. Xanjar va qilich bilan qurollanganlar. Jangovar oybolta va nayza ham ishlatganlar. Kamon o’qi va chopqilar temir va jez­dan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olganlar.O’rta Osiyo xalqlari orasida xanjar "aqinak", jangovar oybolta esa "sagaris" deb nomlang,an. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamon o’qlaridan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko’kragiga temirdan to’qilgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o’q-yoy, nayza yoki qilich bilan dushmanga hamla qilganlar. Suvoriylar boshqa bir taktikani ham qo’llaganlar: yolg’ondakam chekinishlari va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishlari ham mumkin edi.Qal’a va shaharlarni himoуa qilishda o’q-уoу va palaxmon­dan foydalanganlar. Tosh irg’itganlar, qaynab turgan suvni sochganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishgan g’isht guvalalardan ham foydalanilgan. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo’lgan mustahkam devorlar bilan o’rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo’laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularda ham kamonchilar qo’yilgan. Suv to’latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga boradigan yo’lni to’sib turar edi. Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandrning Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan so’nggi shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shini orqasini xavfsiz­lantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ladi. Birinchi bo’lib uning yo’lini to’sgan shahar Baqtriya poу­taxti Baqtra (Zariasp) bo’ldi. Bu yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan Bess edi. U Baqtra shahrini himoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So’g’diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyallk Aleksandr o’z ustozi, qadimgi уunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho - Kir II va Doro I kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lubiyatga uchragani, shuning uchun u уurishga yaxshi tayyorgarlik ko’rishi lozimligi to’g’risidagi maslahatini yodda tutar edi.

Mil.avv. 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Amudaryodan o’ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to’siqdan o’tib oldilar oshladi. Rivoyatga ko’ra, Bu shaharga fors shohi Kir asos solgan ekan. So’g’diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko’tarildi. Tez orada so’g’diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo’shiladilar. Qo’zg’olonga iste’dodli rahbar va qo’mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo’shin to’plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga 3 mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin jo’natadi. Qadimda "Politi­met" deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo’yida makedonlarga pistirma qo’ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o’zi qo’zg’olonni bostirishga otlanadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Maroqandada garnizon - maxsus harbiy qo’shin qoldirib, asosiy qo’shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo’nadi. O’sha yilning bahorida Aleksandr qo’zg’olonni bostirish chorasini ko’radi. O’z lashkarlarini uch qismga bo’lib, So’g’diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Mil. Avv 328 yil kuzida Spitamenning Aleksanr bilan hal qiluvchi jangi bo’lib o’tdi. Kuchlar teng bo’lmaganidan Spitamen engilib, tag’in cho’lga chekinadi. O’sha yerda ko’chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o’ldiradilar. Spitamenning o’limi so’g’diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. Xoriyen va Oksiartning Hisor tog’larida joylashgan tog’ qal’alarini qo’lga kiritib, Aleksandr Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr e’tiborli so’g’d qabilasi boshliqlari­dan biri bilan qarindosh tutinadi. O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo’lmagan hududni: Mar­g’iyona, Baqtriya, So’g’diyona va hozirgi Bekobod va Xo’jand­dan iborat Sirdaryo bo’ylarini bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona mustaqilligicha qoldi. Spitamen qo’zg’oloni bostirilishiga qaramay, yunon-make­don qo’shinlari birinchi bor qator mag’lubiyatlarga uchradilar. Уunon-makedon qo’shinlarining bosqinchilik yurishlari O’rta Osiyo yer­larini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko’plab shaharlar vayron etildi. Мil. avv. 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So’g’diyona yoshlari hisobiga to’ldiriladi. Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an’analari o’zaro omuxta bo’la bordi. Shu asosda O’rta Osiyoda Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish