Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi



Download 1,7 Mb.
bet173/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni:

Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalanishi lozim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.

Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o‘ziga

xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko‘rsatish muhim bo‘lgan. Haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan qudratli mushak va changallari, mashq ko‘rgan tanasining go‘zalligini his etmagan bo‘lardik. Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil

harbiy ta’lim ham olishgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashar, boshqalari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi.

Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim- kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. So‘ngra ular o‘z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoyiligi va jasorati hisoblangan.

Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan edi. Mil. avv. 776-yilda ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ana shu sanadan boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimp tog‘ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilib, Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar

edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo‘lgan. Otchoparda aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda urushlar to‘xtatilgan.

Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi Zevs sharafi ga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mumkin bo‘lgan.

Musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritganlar. G‘oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlanganlar. Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. Mil. 394-yilda sodir bo‘lgan zilzila

oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoladi. Nihoyat, 1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o‘yinlari ochiladigan

kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish