Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi


II.Uy vazifasini tekshirish



Download 1,7 Mb.
bet132/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

II.Uy vazifasini tekshirish: Guruhlarga topshiriqlar beriladi. Har bir guruhdan mavzuga oid ma`lumotlarni o`quvchilar aytib boradi, o`qituvchi to`g`ri berilgan ma`lumot uchun bitta daraxtcha beradi.

1-guruhga: Qadimda yurtimizda yashagan xalqlar va ular joylashgan hududlarni ayting

2-guruhga: Qadimda yurtimizda yashagan xalqlarning mashg`ulotlari.

3-guruhga: Qadimgi shaharlar va ularning madaniyati.

4-guruhga: Yurtimiz hududidagi qadimgi davlatlar.

III.Yangi mavzu bayoni:

“Kichik ma`ruza”

Miloddan avvalgi I mingyillikda O’rta Osiyoda Zardushtylik deb atalgan din keng tarqaldi. Bu din hali odamlar tabiatini ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oу, yulduzlarga sig’inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. "Zardushtiylik" so’zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs. Keyinroq Yunonistonda payg’ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron" - "yulduz" so’zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos munajjim sifatida bilishar edi.

Zardushtiylik dunyoga kelishi haqida shunday bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatibdi. Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o‘tmay oliy iloh Ahuramazda qarshisiga borib qolibdi. Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardishtni tanlaganini ma’lum qilibdi.

Shu alfozda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg’ambariga aylangan. "Payg’ambar" so’zining o’zi esa ezgu amallar haqida mujda beruvchi" ma’nosini anglatadi.

Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar va odamlar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o‘choq olovi atrofi da o‘tkazilgan. Avval turli qabilalarni istilochilarga qarshi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan. Zardushtning so‘nggi va’zlari din xizmatchilari – kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o‘qib berishgan. Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi «Avesto» bo‘lib, «qat’iy belgilangan qonun- qoidalar» degan ma’noni anglatadi. «Avesto»ning ilk qismi mil. avv. IX – VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi mil avv. III asrda 21 ta kitobda jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi. Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» matnlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilgan.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish