IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” 13.12.2016-yil Darsning mavzusi: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr. Abu Muslim qo’zg’oloni Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – O’rta Osiyo xalqlarining arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alonlarning sabablari, xalifalik tomonidan O’rta Osiyo xalqlariga yon berishi, xalifalikda toj – u taxt uchun kurashlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr. Abu Muslim qo’zg’oloni
Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon II (744–750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig’i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo’ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko’plab targ’ibotchilar yuboradilar. Shunday targ’ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi.
746–yilda u Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib, payg’ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi.
Dastlab arab zodagonlari, so’ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo’llab–quvvatlaydilar. 748–yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o’z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo’zg’olonchilarga qarshi safarbar qilsada, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi.
749–yilda Abu Muslim boshliq qo’zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo’l oladilar. Poytaxt qo’lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag’dariladi. Uning o’rniga abbosiylar xonadonidan bo’lgan Abul Abbos Saffoh (750–754) xalifalik taxtiga ko’tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo’liga o’tadi.
Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo’shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va sug’d, shuningdek, turklardan iborat harbiy kuch 751 –yilda Talos vodiysida Xitoy qo’shinlariga zarba berib, ulami mamlakat hududidan quvib chiqaradi.
Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo’lsa–da, ammo abbosiy hukmdorlar unga ishonmas edilar. 755–yilda qurolsiz va yolg’iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug’iga binoan o’ldiriladi. Abu Muslimning o’ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlari–ning avj olib ketishiga bahona bo’ladi.
Umaviylar — Arab xalifaligini 661–750–yillarda boshqargan sulola
Abbosiylar — Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub 750 –1258–yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola
Do'stlaringiz bilan baham: |