Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish. Darsning ta’limiy maqsadi



Download 0,65 Mb.
bet38/61
Sana06.04.2023
Hajmi0,65 Mb.
#925493
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
5 SINF BOTANIKA KONSPEKT

Yangi mavzu bayoni: To‘qimalar o'rganilganda o'simliklarning o'sish nuqtasida joylashgan hosil qiluvchi to'qima hujayralari bo‘linadi, degan edik.

Demak, poya uning uchida joylashgan uchki kurtakdagi hujayralarning bo'linishi hisobiga o'sadi va uzayadi. Agar poya uchidagi kurtakning boshlang'ich barglari yulib tashlansa, o'sish konusini ko'rish mumkin.
O'sish konusining yupqa kesimi mikroskopda qaralsa, u yupqa qobiqli hujayralardan tashkil topganini ko'rish mumkin.
O'sish konusining hujayralari doim bo'linib turadi. Natijada, hujayralar soni asta-sekin ко'paya boradi va poyaning uchki qismi bo‘yiga o'sadi. O'simliklar murtagining boshlang'ich poyasidan asosiy poya о'sib chiqadi va undan yon novdalar hosil bo'ladi. Yon novdalarning uchki qismida ham o'sish konusiga ega uchki kurtak bo‘ladi. Ular hujayralarining bo'linishi hisobiga yon novdalar bo‘yiga o‘sadi. Poyaning o'suvchi qismdagi hujayralar oziq moddalarga qancha boy bo‘lsa, ular shuncha tez bo‘linadi va tez o‘sadi. Shu ning uchun ham bahorda quyosh nuri ta’sirida havo isishi bilan o‘simliklar tez o‘sa boshlaydi. Poyalar soya va qorong‘i joyda ham o‘sadi. Lekin ular nozik va zaif bo'lib, o‘zi uchun zarur oziq mod­dalar hosil qila olmasligi tufayli tezda nobud bo‘ladi. Poyaning o'sishi uning uchki o'sish nuqtasiga bog'liq. Agar uning uchi kesib (chilpib) tashlansa, u o'sishdan to‘xtaydi, ya’ni o'simlik bo'yiga o‘smaydi. Bu hoi yosh yon novdalarning ko'plab o‘sib chiqishiga sharoit yaratadi. Natijada, poya juda shoxlab ketadi. Poyaning bu xossasidan o'simlikshunoslikda, ayniqsa, bog'dorchilikda o'simliklarga maqsadga muvofiq shakl berishda va ulardan mo‘l hosil olishda foydalaniladi.
Poyaning uchki qismini chilpishdan paxtakorlar g‘o‘za parvarishida keng foydalanadi. Ma’lumki, yoz oylarida g‘o‘zaning shonasi, guli va yetilmagan ko'saklari to'kilib ketadi, chunki bu davrda ularga oziq moddalar yetishmay qoladi. Demak, oziqning ko‘p qismi g‘o‘za shoxlarining o'suvchi uchki qismiga sarflanar ekan. G‘o‘zaning poyasi vauzunroq o'sgan ikki-uchta yon shoxlarining o'suvchi uchki qismi chilpib tashlansa, uning hosildorligi ortadi.
O'simliklar turiga va o'sish sharoitiga qarab har xil tezlikda o'sadi. Masalan, tog‘larda keng tarqalgan archa juda sekin o'sadi. Besh yoshli archaning bo'yi 10—15 sm ga yetadi. Aksincha, tok kabi ilashib o'suvchi o'simliklar bir yozning o'zida 10 m gacha o'sadi.




  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish