5 -sinf Sana _________
Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________
Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga botanika fani haqidagi dastlabki tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Tezkor savol-javob qilish.
Yangi mavzu bayoni:
O'xshashi yo‘q bu go'zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
О'zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Go'zal tabiatni rang-barang o'simliklar olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida o'simliWar turi juda keng tarqalgan. Bu o'simliklarni jazirama cho'llardan tortib, to baland tog'lar cho'qqisigacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. O'zbekistonda tabiiy holda o'sadigan yuksak o'simliklarning 4500, 0‘rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Tabiatda o'simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.
0‘simliklarning turli sharoitda o'sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma’lum. O'zbekistonda yoz oylarida suvsiz, qumli va sho'rxok cho‘llarda, hamisha qor va muzliWar bilan qoplanib yotadigan, baland tog'lard a o'sadigan, g'orlar ichkarisida osilib o'sadigan ajoyib o'simliklar haqida eshitgansiz. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o'sadigan o'simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o'sishga moslashgan.
Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan — biologiyaning bir bo'limi — botanikani yanada mukammal o'rganishga katta yordam beradi.
Botanika — yunoncha «botane» — ко‘kat, о‘t, о ‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o'simliklarning paydo bo'lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog'liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |