O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).
Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.
5 - sinf Sana _________
Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________
Darsning mavzusi: Ildizni ahamiyati va hillari.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga ildizni ahamiyati va hillari haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
0‘simliklar hujayralari qanday shakllarda bo‘ladi?
Piyoz pardasi hujayralari boshqa hujayralardan qanday farq qiladi?
Chigit tolasi hujayralarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat? U piyoz hujayralaridan qanday farq qiladi?
Yangi mavzu bayoni: Ildiz — o'simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi. Ildizga xos muhim xususiyatlardan biri shuki, u barg hosil qilmaydi.
Ko'pchilik o'simliklarning ildizida oziq
moddalar to‘planadi. Ba’zi o'simliklarning ildizi esa vegetativ ko'payish organi hisoblanadi. O'simliklar yaxshi o'sishi va rivojlanishi, daraxt va butalar yirik, baquvvat shox-shabba hosil qilib, uzoq yashashi ko‘p jihatdan ildizga bog‘liq.
Ildiz tizimlari:
1-o‘q ildiz va 2— popuk ildiz tizimlari
Ayrim daraxtlarning ildizi 50—60 m gacha yetishi mumkin. Masalan, yong‘oqning yon ildizlari atrofga 20—30 m gacha taraladi. Qumda o‘sadigan juzg‘unning ildizlari juda uzun va ingichka bo'lib, asosan yon tomonga qarab o‘sadi. Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon о'sib, 30 m gacha chuqur kirib boradi.
Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi.
Bir tup o‘simlikdagi asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko‘ra: o‘q o’diz va popuk ildizga bo‘linadi.
Ildizmevalar:
/—sabzi; 2— sholg'om; 3—lavlagi.
0‘q ildiz tizimi uzun va yo‘g‘onroq bo'lib, undan yon ildizlar о'sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug'pallali o‘simliklarga xos bo'lib, uni do'lana, na’matak, saksovul va madaniy o'simliklar (olma, o‘rik, nok, qovun, tarvuz, g‘o‘za, no'xat, loviya, mosh va terak kabilar) misolida ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |