O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
|
|
|
Dars turi:
|
|
Yangi bilim beruvchi, bilimlarni shakllantiruvchi
|
Dars metodi:
|
|
“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Test sinovi” , “BINGO” o’yini
|
Dars jihozi:
|
|
darslik, xarita, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT
|
|
DARSNING BLOK CHIZMASI:
|
|
|
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni
darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3
daqiqa
|
|
|
2
|
O’tilgan mavzuni
Takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
10
daqiqa
|
|
3
|
Yangi dars mavzusi
mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14
daqiqa
|
|
4
|
Yangi mavzuni
mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13
daqiqa
|
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish.
Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
|
3
daqiqa
|
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon
qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2
daqiqa
|
|
Yangi dars mazmunining tayanch tushunchalari, atamalari, tarixiy sana va nomlar:
A.Makedonskiy, , akinak, sagaris, Baqtra, satrap, Politimet, Esxata, Nautaka, Oks
Tashkiliy qism:
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
O’tilgan mavzuni takrorlash:
Kir II massagetlar ustiga qachon yurish qilgan?
Mil.Avv 530-yilda*
Mil.Avv 535-yilda
Mil.Avv 540-yilda
Mil.Avv 545-yilda
Fors Shohi Kir II qo’shinlariga qaysi daryodan kechib o’tish to’g’risida farmon beradi?
Amudaryo*
Sirdaryo
Zarafshon
Barcha javoblar to’g’ri
“Bu jang.... barcha janglardan ham dahshatliroq edi” deb ta’kidlagan tarixchi olim?
Gerodot*
Poliyen
K.K.Ruf
Strabon
Doro I hukmronligining birinchi yili qayerda unga qarshi xalq qo’zg’olon ko’targan?
Marg’iyona*
So’g’diyona
Baqtriya
Parfiya
Doro I hukmronligining uchinchi yili kimlar ustiga yurish qiladi?
Saklar*
massagetlar
skiflar
qang’lar
Satrap nima?
viloyat*
davlat
shahar
tuman
O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan?
1
2
3*
4
Mashhur Marafon jangida fors qo’shinlari markazida bo’lgan ........ muvaffaqiyatli urushganlar?
skiflar
saklar*
baqtriyaliklar
so’g’diylar
qachondan boshlab O’rta Osiyoda tanga pullar tarqala boshlangan?
Mil.avv VI-V- asrlarda
Mil.avv VI-IV- asrlarda
Mil.avv V-IV- asrlarda*
Mil.avv VI-III- asrlarda
Zargarlik buyumlarining yuksak darajada rivoj topganiga .........-yilda Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar misol bo’la oladi?
1857
1867
1877*
1887
O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
O’rta Osiyo xalqlari jangchilari jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg’a bo’lgan. Xanjar (Akinak), jangovar oybolta (Sagaris) va nayzalar bilan qurollanganlar. Kamon o’qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olishgan. Dushmanga qarsgi harbiy harakatlarni suvoriylar boshlab berganlar. Jangovar otlar ustiga va ko’kragiga temirdan yasalgan bargustivon yopilgan.
Akinak Sagaris
Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan oxirgi shoh Doro III ning qo’shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shinlarining orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysindirishga qaror qiladi.
Birinchi bo’lib uning yo’lini to’sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo’ldi. Bu vaqtda ahamoniylar sulolasining vakili Bess Baqtriya satrapi edi.
Mil.avv 329- yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Oks-Amudaryodan o’tib oladilar va ularni qarshisida Nautaka va Maroqanda shahri turar edi. Mil.avv 329-yilda Maroqanda egallandi. Qo’shinnig bir qismi shu yerda qoldirilib, asosiy qo’shinlar bilan Kurushkat shahrini bosib olish uchun Sirdaryo qirg’oqlari tomon yurishni davom ettirdi. Kurushkat shahriga Kir II asos solgan edi.
Makedoniyalik Aleksandr jangchilari
Qo’zg’olonchilarga qarshi So’g’diyona qalqi kurashga chiqadi. Qo’zg’olonga iste’dodli sarkarda Spitamen boshchilik qiladi. U Maroqandani qamal qiladi. Qamalda qolganlarga yordam uchun Aleksandr 3000 ga yaqin qo’shinni jo’natadi. Qadimda “Politimet” deb atalgan Zarafshon daryosi bo’yida makedonlarga pistirma qo’ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Mil.avv 328-yil bahorida A.Makedonskiy va Spitamen o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tadi. Kuchlar teng bo’lmaganidan Spitamen yengilib, yana cho’lga chekinadi. O’sha yerda u xoinlarcha o’ldiriladi.
Aleksandr Makedonskiy davlatining xaritasi va u tomonidan bosib olingan hududlar
Do'stlaringiz bilan baham: |