2-guruh:
Ostonamdan taralgan yo‘llar
Eslatadi quyosh nurini.
Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib,
Uzaytadi mening umrimni.
Yurganlarni daryo deydilar,
Daryo – cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda o‘ltirib qolsam,
Hayot go‘yo chetlab o‘tadi.
«Ko‘rganing – seniki», – der edi bobom,
Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim.
Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz
Bari-bari – mening ulushim.
Ijod dardi yo‘l azobidir,
Mayli, bo‘lsin tumanlar quyuq.
Ruhim bilan yo‘lda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yo‘q.
1-o‘quvchi: shoirning ushbu “Yo‘l” deb nomlangan she’ri go‘zal bir o‘xshatish bilan boshlangan. YA’ni yo‘llar xuddi quyosh nurlaridek taralib turibdi. YA’ni ostona bu shoirning vatani, vatandan turli tomonlarga taralgan yo‘llar quyosh kabi jim-jimador va tovlanadi, kishini o‘ziga chorlab turadi.
2-o‘quvchi: safarga otlangan inson nimadir qilishga qodir. Mehnat, ijod, buning uchun safarga otlanish kerak. SHoir aytmoqchi bo‘lgan “YO‘L” ma’joziy ma’noda umr ham.
3-o‘quvchi: inson umr yo‘lini kezmas ekan, hayoti besamar ketadi. Besamar ketgan umr sohibi esa bu hayotga keldi nimayu, kelmadi nima?
4-o‘quvchi: shoir shu o‘rinda yana bir she’riy san’atdan foydalanadi. YA’ni asar ichida maqolni keltirish san’atidan foydalangan. “YUrgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra”
5-o‘quvchi: Safar o‘z nomi bilan safar. Unda hamisha ulush bo‘ladi. Yo‘ldan topilgan ulush hamisha ham moddiy bo‘lavermaslik mumkin. Ammo shoirning yo‘ldan maqsadi ellarning ma’naviyati, milliyligi, dillardagi ma’naviy go‘zallikdan baxramand bo‘lish. Yo‘l – shunisi bilan qiziqarli.
6-o‘quvchi: shoir nazarda tutgan yo‘ldan murod esa ruh sofligi, boyligidir.
3-guruh:
TUG‘ILISH
Tong oldidan yomg‘ir sevalab o‘tdi,
Keyin ko‘k ochilib, yog‘di yulduzlar.
Yerdan hovur ko‘tarildi xuddi
Qimirlagan kabi zimdan ildizlar.
Kimgadir muqaddas bir zum yaqinladi,
Qorovul o‘chirdi so‘nggi fonarni.
Iyul quyoshining ilk yolqinlari
Yaproqlarga sachrab yonardi.
Yer yosh: sofl ik jimirlatar etin,
Zoriqqan g‘unchalar ochildi bog‘da.
Panjaradan oshib chiqib ketdi
Maysalarda yurgan yashil shabboda.
Eshikdan eshikka yugurib yelardi,
Suyunchi so‘rardi, suyunchi.
U go‘yo taqdirni olddan bilardi,
Go‘yo yo‘q dunyoning g‘ami, kuyunchi.
Iymanibroq turar ota poygakda,
Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib...
Ichkarida esa oppoq choyshabda
Jahonning umidi yotar jilmayib.
Do'stlaringiz bilan baham: |