Darsning maqsadi: ta’limiy



Download 143,28 Kb.
bet21/49
Sana01.07.2022
Hajmi143,28 Kb.
#726817
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Qishloq xo‘jaligi Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Biroq, bu tarmoq aksariyat mamlakatlar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli ta’minlay olmaydi. Suv tanqisligi ana shunday oqibatlarning asosiy sababchisidir. Hozirgi ilg‘or gidrotexnika usullaridan Isroil (tomchilatib sug‘orish), Suriya, Iroq (Frot daryosi suvlaridan sug‘orishda foydalanish), Saudiya Arabistoni, Kuvayt (dengiz suvini chuchuklashtirish) mamlakatlaridagina ma’lum darajada foydalanilmoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va Kavkazorti respublikalarida, Arab davlatlarida esa chorvachilik rivojlangan.
Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo‘lgan donli ekinlardan: bug‘doy, афа, makka- jo‘xori, sholi, tariq ko‘proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg‘onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan: paxta, moy beruvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda, qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti respublikalarida ekish ahamiyatli.
Chorvachiligi kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Turkiya jahonda angor echkilarining ko‘pligi va ipakdek mayin tivit yetishtirishi bilan alohida ajralib turadi.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarida transport nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Eng ommaviy transport hisoblanadigan temiryo‘l transports asosan, Turkiya, Eron, Kavkazorti respublikalari uchun ahamiyatli. Shu bilan birga, Afg‘oniston va ko'pgina Arab mamlakatlarida temiryo'llar umuman yo‘q. Avtomobil transport ham Turkiya, 0‘rta dengiz bo'yi va Kavkazorti mamlakatlari hamda arab davlatlarida tez rivojlanmoqda. Dengiz transporti esa ma’lum darajada Eronda, Turidyada ahamiyatliroq. Boshqa davlatlarda esa ular dengiz bo'yida joylashgan bo‘lishlariga qaramay, bu transport tarmog‘i juda kuchsiz. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida nellni eksportga chiqarishga ixtisoslashgan port xo‘jaliklari yaxshi rivojlangan. Mamlakatlaming ichki yuk tashishida ot-ulov va tuyalar xizmatidan foydalaniladi.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra ko‘p tarmoqli va tor ixtisosli mamlakatlar guruhlariga bo‘linadi.
Ko‘p tarmoqli mamlakatlar guruhi mintaqaning shimoli va shimoli-g‘arbida joylashgan Turkiya, Isroil, Eron, Livan, Kipr, Suriya, Iroq hamda Kavkazorti respublikalaridan tashkil topgan. Ularda ishlov beruvchi sanoat ko‘proq rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi va transport ham nisbatan yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega. Har bir mamlakatda yaxshi rivojlangan rayonlar bilan biiga ancha sust rivojlangan hududlar ham mavjuddir.
Tor ixtisosli mamlakatlar guruhiga, asosan Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari kiradi. Ulaming iqtisodiy-ijtimoiy hayoti neft qazib chiqarish, uni qayta ishlash va eksportga chiqarish bilan to‘la bog‘langan. Deyarli barcha iqtisodiy faol aholi neft majmuasida xizmat qiladi. Bu mamlakatlar neft qazib chiqarish va uni tashqi bozorda sotishdan juda katta daromad oladilar.



Download 143,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish