Sana:22.04.2021 Sinf:7 B Fan Ona tili Dars mavzusi: Sof va vazifadosh modal so’zlar Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarda modal so`zlar yuzasidan bilim, malaka, ko‘nikma hosil qilish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilar milliy g’urur, insonparvarlik, vatanparvarlik hususiyatlarini shakllantirish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. Darsda foydalanadigan metodlar: “Aqliy hujum”, “kichik guruhlarda ishlash”, “sherigingni top metodi” Darsning borishi: I Tashkiliy qism II O’tilgan mavzuni mustahkamlash
O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Quyidagi savollrga javob bering:
Modal so`z deb nimaga aytiladi?
Modal so`zning qanday ma’no turlari bor?
Attang, afsus so`zlari qanday modal so`z sanaladi?
Fikrning tartibini ifodalovchi modal so`zlarni ayting
Gumon ma’nosini ifodalovchi modal so`zlarni ayting
Yangi mavzu:
Sof va vazifadosh modal so`zlar
Modal so`zlar ham sof modal so`zlar va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so`zlar sof modal so`zlar sanaladi: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi.
Modal ma’noda ham qolangan aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi
№
|
Turlari
|
Ta’rifi
|
Modal so`zlar
|
1
|
Sof modal so`zlar
|
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so`zlar
|
Haqiqatan, darhaqiqat
Afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan
|
2
|
Vazifadosh modal so`zlar
|
Boshqa turkumlariga xos vazifalarni bajarish bilan birga modal ma’noda ham qo`llangan
|
aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz
|
Mashqlar bajaramiz
281-mashq. Juftliklarni o`qing. Ajratib ko`rsatilgan so`zlar qanday ma`nolarda qo`llanganini tushuntiring .
1.Bo`ron bo`lishi ehtimol (……..), qizim. Ehtimol (………), bu onasidan yagona esdalik.
2.Chamasi(……….), hammasining og`zi tekkan ekkan o`sha go`shtga. Gulchehraning chamasi(……….) to`g`ri chiqdi.
3.Aftidan(…….), G`ulomjon bu g`alvalarni ataylab boshlagan. Uning “ko`cha bolasi” ekanini aftidan (……..) bilib olish qiyin emas edi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Sherigini top “ metodi
Sof modal so`zlar
Chamasi, taxminan, ehtimol,baki, shubhasiz
Vazifadosh modal so`zlar
Haqiqatan, darhaqiqat, attang, xullas, koshki
Uyga vazifa
284-mashq . Aftidan, chamasi, ehtimol, shubhasiz, balki so`zlarini avval modal ma’noda, so`ng o`z ma’noda qo`llab gaplar tuzing. Ularning farqini tushuntiring.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |