@AKT_Official
2-nazorat ishii Test sinovi
1. Nuqtalar o‟rniga kerakli so‟zni toping.
………… ilmining alohida fan sifatida shakllanishi miloddan avvalgi IV asrda yashab o„tgan
buyuk
yunon olimi Arastu (Aristotel) ismi bilan bog„liq.
A) Mantiq ilmi
B) Informatika atamasi
C) Hisob-kitob asoslari
2. U birinchi bo„lib mantiq ilmi o„rganadigan masalalar doirasini aniqladi, mantiqqa “ma‟lum
bilimlardan noma‟lum bilimlarni aniqlovchi”, “chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida ta‟rif
berdi. Olim birinchi marta mantiqiy tafakkur shakllarini uning mazmunidan ajratib, mantiq va
matematikani uyg„unlashtirishga harakat qildi, dalillar nazariyasiga asos soldi. Gap kim haqda
ketyapti?
A) Al Xorazmiy
B)Arastu
C) Beruniy
3. Nuqtalar o‟rniga kerakli so‟zni toping.
Mantiq (logika) atamasi qadimgi yunoncha λογικος – “fikrlash ilmi” atamasiga mos keladi va “so„z”,
“fikr”, “mulohaza”, “nutq”, “aql” degan ma‟nolarni anglatib, bilish jarayoni bilan uzviy bog„liqdir.
Mantiqning o„rganish obyektini ..................tashkil etadi.
A) Mulohaza
B) Tafakkur
C) Bilish
4. Statik voqelikga oid bo„lib, tafakkur strukturasini fikrning aniq mazmuni va taraqqiyotidan
chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda o„rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to„g„ri
qurish bilan bog„liq qoida va mantiqiy amallar yotadi. Ta‟rif qaysi bandga to‟g‟ri keladi?
A) Formal mantiq
B) Dialektik mantiq C) Matematik mantiq
5. Tafakkurni matematik usullar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim
yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. Ta‟rif qaysi bandga to‟g‟ri keladi?
A) Formal mantiq
B) Dialektik mantiq C) Matematik mantiq
6. Dinamik voqelikga oid bo„lib, tafakkurni uning mazmuni va shakli yaxlitligi hamda rivojlanishi
orqali o„rganadi. Ta‟rif qaysi bandga to‟g‟ri keladi?
A) Formal mantiq
B) Dialektik mantiq C) Matematik mantiq
7. Obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi
fikrlash shakli. Ta‟rif qaysi bandga to‟g‟ri keladi?
A) Xulosa
B) Tushuncha
C) Mulohaza
8. Obyekt
va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o„rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan
yoki rad etilgan fikrlash shakli. Ta‟rif qaysi bandga to‟g‟ri keladi?
A) Xulosa
B) Tushuncha
C) Mulohaza
9. Tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish
mumkin bo„lgan asosiy mantiqiy shakli. Ta‟rif qaysi bandga to‟g‟ri keladi?
A) Xulosa
B) Mantiqiy o„zgaruvchi
C) Mulohaza
10. Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo„lgandagina rost bo„ladigan yangi (murakkab)
mulohazani
hosil
qilish
amali
konyunksiya
(lot.
conjunctio
–
bog„layman)
–
..................................................deb ataladi. Nuqtalar o‟rniga kerakli so‟zni toping
A) mantiqiy qo‟shish amali
B) mantiqiy inkor amali
B) mantiqiy ko„paytirish amali
11. Ikkita sodda mulohazaning “yoki” bog„lovchisi orqali bog„lanishidan hosil bo„lgan yangi
mulohazaga ..................................................dеyiladi. Nuqtalar o‟rniga kerakli so‟zni toping
A) sodda mulohazalar ko‟paytmasi B) sodda mulohaza C) sodda mulohazalar yig„indisi
12. Bеrilgаn А mulоhаzаga “emas” shaklidagi to„liqsiz fe‟lni qo„shish orqali hosil qilingan yangi
mulohazaga .............................................dеyiladi. Nuqtalar o‟rniga kerakli so‟zni toping
A) sodda mulohazalar yig„indisi B) sodda mulohazaning inkori C) sodda mulohazalar ko‟paytmasi
13. A mulohazani qiymati rost bo„lganda yolg„on, yolg„on bo„lganda rost qiymatga o„zgartira oladigan
amalga inversiya (lot. inversio – to„ntaraman) –......................................................deyiladi. Nuqtalar
o‟rniga kerakli so‟zni toping
A) mantiqiy qo‟shish amali B) mantiqiy inkor amali
C) mantiqiy ko‟paytirish amali
14. A va B mulohazalar bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolg„on bo„lganda rost bo„ladigan mulohazaga
A va B mulohazalarning ............................................deyiladi. Nuqtalar o‟rniga kerakli so‟zni toping
A) ekvivalensiyasi
B) implikatsiyasi
C) Konyunktor
@AKT_Official
15. A mulohaza rost, B mulohaza yolg„on bo„lgandagina yolg„on, qolgan holatlarda rost bo„ladigan
mulohazaga A hamda mulohazalarning ……………………………….deyiladi. Nuqtalar o‟rniga kerakli
so‟zni toping
A) ekvivalensiyasi
B) implikatsiyasi
C) Konyunktor
16. Kompyuterning tarkibiy qismi bo„lib, ikkilik o„zgaruvchilar ustida muayyan mantiqiy amallarni
bajarish uchun mo„ljallangan elementlar hisoblanadi.
A) Mantiqiy elementlar
B) Mantiqiy amallar
C) Dasturiy elementlar
17. ................... mos tushish sxеmasida kamida ikkita (A, B) kiruvchi va bitta (A&B) chiquvchi signal
mavjud. Raqamli sxemalarda “VA” mantiqiy elementi 1-rasmda ko„rsatilgandek belgilanadi. Nuqtalar
o‟rniga kerakli so‟zni toping
A) ekvivalensiyasi
B) implikatsiyasi
C) Konyunktor
18. Faqat ikkita: 0 va 1 qiymatni qabul qiluvchi kattalikka nima deyiladi.
A) Mantiqiy funksiya
B) Mantiqiy o„zgaruvchi
C) Mantiqiy sxema
19 Argumentlari faqat 0 va 1 qiymatni qabul qiluvchi funksiyaga nima deyiladi.
A) Mantiqiy funksiya
B) Mantiqiy o„zgaruvchi
C) Mantiqiy sxema
20. Kompyuter qurilmalarining ishlashini tavsiflovchi har qanday mantiqiy funksiyani
bajaradigan
elektron qurilma nima?
A) Mantiqiy funksiya
B) Mantiqiy o„zgaruvchi
C) Mantiqiy sxema