2.Darsni rejalashda ta’lim beruvchining tayyorgarligi
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog`liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta`minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta`minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).Shu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg`ulotning algoritmlari, samaradorligi bog`liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarishni tashkil etadi.
Fizika ta’limi o’qituvchisi o’z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilishi bilan birga eksperimental ko’nikmalar va malakalarni egallagan bo’lishi , ularni o’quvchilarga moxirlik bilan yetkazib bera olishi kerak.
Shuning uchun o’qituvchi o’zining metodik-pedagogik maxsus tayyorgarlikni muntazam oshirib borishi lozim. O’qituvchi ta’lim va tarbiya masalalari yuzasidan chiqarilgan psixologik, pedagogik va metodik adabiyot yangiliklarini, o’z ixtisosligi bo’yicha xozirgi zamonaviy axborot texnologiyasining ilg’or rastionalizatorlar va ixtirochilik tajribasini o’rganib borishi lozim.[6]
O’qituvchi yuksak mahorati va madaniyati, o’z ishini to’g’ri tashkil eta olishi, amaliy ishga oid usullarni to’g’ri ko’rsata bilishi, nutqining ravonligi, o’quv – tarbiya jarayonining eng kuchli vaziyatlariga o’zini tuta bilishi, o’quvchilarga va o’z hamkasblariga xushmuomalada bo’lishi – bularning hammasi o’quvchilar tomonidan e’tiborga olinadi va ularning tarkibiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi .
O’qituvchi talabchan bo’lishi kerak. Shuning uchun o’z ishini yaxshi biladigan o’qituvchi metodik-pedagogik va professional mahorati o’quvchi shaxsga nisbatan bo’lgan xurmat extirom bilan, ularning har biri to’g’risida mehribonlik va g’amxo’rlik qilish bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa o’z navbatida uning obro’sini oshiradigan shart- sharoitdir.
O’quvchining obro’sini o’quv mashg’ulotlari jarayonida o’sib va tarkib topib boradi. Mashg’ulotlar vaqtida uning shaxsi, xarakteri va mahoratining shunday sinflari namoyon bo’ladiki, bular tarbiyalanuvchilarning umumiy tarzda e’tirof etishi va xurmat qilishga sazovor bo’ladi. O’qituvchi o’zining oldidagi obro’si to’g’risida doimo g’amxurlik qilishi lozim. Agar o’qituvchi o’z vazifalariga yuzaki qarasa, uning so’zlari bilan ishlari bir –biriga muvofiq kelmasa, agar u o’quvchilar bilan bo’lgan munosabatlarida ob’ektiv bo’lmasa, uning obro’si tezda yo’qolishi mumkin. Mashg’ulotlarida o’quvchilarning turli kasblarga bo’lgan qiziqishini aniqlash va rivojlantirish lozim. Buning uchun sinf rahbarini, shu sinfda ishlaydigan boshqa predmetlarning o’qituvchilarini va o’quvchilarning ota-onalarini jalb qilishi kerak. Ular muntazam uchrashib turish va suhbatlashishi o’quvchilarni yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va individual xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi.
O’qituvchisi o’quvchilarga topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning xalollik, kamtarlik, qat’iylik, dalillik, faollik , sabot- matonat xislatlarini, o’rtoqlik, do’stlik, ma’suliyatni sezish xissi va h.k.larni tarkib topishi lozim.
O’qituvchining ta’lim jarayonida butun tayyorgarligini shartli ravishda uch bosqichga, o’quv yilligi, o’quv davriga tayyorgarlik va mashg’ulotga tayyorgarlik va mashg’ulotga tayyorgarlik bosqichlariga bo’lish lozim. Bu bosqichlaridan har birini qisqacha ko’rib chiqamiz.O’qituvchi o’quv yiliga, davriga tayyorlanishi o’quv rejasini, mavzutik reja va fizika fani bo’yicha dasturni o’rganishdan boshlanadi.Fizika fani o’qituvchisi va xujjatlar bilan tanishar ekan , tegishli sinf o’quvchilarida umumiy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni qaysi turlari bo’yicha va qanday hajmda shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi.
O’qituvchi olingan ma’lumotlarga asoslanib va dasturdan foydalangan holda ancha batafsil rejalashtiruvchi xujjatlari bo’yicha kalendar-mavzutik reja tuzib chiqadi.
Predmetlararo aloqa o’rnatib, ya’ni o’quvchilarning ximiya, mavzutika, chizmachilik va boshqa darslarda olgan bilimlaridan mashg’ulotlarda foydalaniladi.
O’quvchilar uchun zarur ko’rsatmali qurollar (plakat, sxema, jadval, maket, model va buyumlarning namunalari tayyorlaydi, asbob –uskunalarning, o’quvchilar ish joyi va ish qurollarining texnikaviy holatini, sanitariya va gigiena talablariga muvofiq kelishini tekshirib chiqadi.
O’qituvchi fizika dasturidagi mavzuga tayyorgarlik ko’rar ekan, har bir mavzuning maqsadi va vazifalarini belgilaydi , ular bo’yicha bilimlar va ko’nikmalarning mazmuni va darajasini aniqlaydi, o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan amaliy ishlarning xarakteri va miqdorini belgilab chiqadi, ijodiy xarakterdagi topshiriqlarning mazmuni va hajmini ularning tobora murakkablashib borishini hisobga olgan holda o’ylab ko’radi, mavzuni muvaffaqitaylimazmuni va xarakterini o’tishi uchun moddiy baza tayyorlaydi.O’qituvchining har bir mavzu bo’yicha o’quv materialining xarakterini tahlil qilar ekan, ta’limga oid o’quv materialining xarakteri va mazmunini tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |