V. Dam olish daqiqasi(Pingvinchalar raqsi). O’quvchilar raqsni pingvinchalar bilan birgalikda bajaradilar.
Test topshiriqlari beriladi: Test topshiriqlari slayd orqali namoyish etiladi Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?
Quyosh sistemasidagi eng katta sayyora?
Quyosh sistemasidagi qaysi sayyoraga inson zotining oyog’i tekkan?
Yerdan qaraganda qaysi sayyora eng yorqin nur taratadi ?
Qdimda qaysi sayyorani “Urush xudosi” deb atshgan?
VI.Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzu “Insert” metodi orqali mustahkamlanadi Guruhlarga topshiriq: Oquvchilarga 8 ta sayyoralar beriladi ularni tartibi bilan joylashtirish topshiriladi. Har bir guruh a’zolari sayyoralar haqida ma’lumotlar beradilar.
Uran sayyorasi Neptun sayyorasi www. .google.com Har bir guruh sardorlari chiqib boshqa guruh a’zolari yo’l qo’ygan kamchiliklarni to’ldiradi, umumlashtirib xulosalaydi. G’olib guruh rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantiriladi. VII. Darsni yakunlash va baholash: Muloqat metodi. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
Eng kichik sayyora qaysi?
Eng katta sayyora qaysi?
Saturn sayyorasining nechta tabiiy yo’ldoshi bor?
Qaysi sayyorada hayot bor?
Mars sayyorasi qadimda nima uchun “Urush xudosi” deb atalgan?
O’qituvchi: -Aziz o’quvchilar mana bugun biz siz bilan sayyoralarni o’rgandik. Demak, “Quyosh sistemasi”da 8 ta sayyora borligi, ularning har biri o’z orbitasiga ega ekanligi, nimalardan tashkil topganligi, harorati hamda tabiiy yo’ldoshlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ldingiz. Mavzuga oid kimda qanday savollar bor? Nimalarga tushunmadingiz? O’qituvchi shu o’rinda Mirzo Ulug’bek bobomiz haqida muhtaram prezidentimizning “Yuksak ma’navyat- yengilmas kuch”asaridan olingan gaplarini aytib o’tadi. “Yunesko prezidenti Federiko Mayyor janoblari Mrzo Ulug’bek ilmiy merosini yuksak baholab, bugungi kun komyuterlari yordamida tekshirib ko’ganda bir necha daqiqa farq qilishini aytganda, prezidentimiz I.A. Karimov Mayyor janoblariga qarab Ulug’bek xato qilgan bo’lishi mumkin emas, balki bugungi kun kompyuterlari xato qilgan bo’lishi mumkin deb aytganlar.”Shundan ko’rinib turibdiki bizning bobolarimiz buyuk insonlar bo’lganlar. Siz shu ajdodlarimizga mos farzandlar bo’lmog’ingiz darkordir. Faol qatnashgan o’quvchilarni 5 balli reyting tizimda baholaydi.Guruhlar jamlangan ra’bat kartochkalari hisoblab, guruhlarga “Eng bilimdon”, “Eng faol”, “Eng iste’dotli”guruh naminatsiyalar bilan taqdirlaydi.