Darsliklar asosida davlat va huquq


-modda. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi



Download 194,75 Kb.
bet35/54
Sana13.06.2022
Hajmi194,75 Kb.
#665830
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Darslik asosida mavzulashtirilgan huquqiy vaziyatlar

18-modda. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi
Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.

15-Vaziyat.
Fuqaro elektr choynagini sotib oldi, 5 kun davomida undan foydalandi, keyin esa do‘kondan uni hushtagi bo‘lgan choynakka almashtirib berishlarini so‘radi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonuniga asossan
To‘lovni qaytarish yoki tovarni almashtirish faqat ushbu shartlar bajarilgan holatda mumkin:
Mahsulot hech qanday holda foydalanilmagan bo‘lsa;Tovarlarni birlamchi ko‘rinishi ya’ni plomba yorliqlari (stiker yoki Tovar g‘ilofi hamda quti ustki ko‘rinishi) va qurilmaning boshqa qo‘shimcha qismlari, hamda iste’mol uchun yaroqli xususiyatlari saqlaninb qolingan bo‘lishi shart; sizda xaridni amalga oshirganingiz haqida (va xarit qilish shartlari) tasdiqlovchi test yoki boshqa hujjatning mavjudligi tovarni 10 ish kunida o‘zgartirishingiz yoki pulingizni qaytarib olishingiz imkoniyati mavjud.
16-vaziyat.
Quyida keltirilgan vaziyat bilan tanishing va sotuvchining harakatlariga baho bering.
Fuqaro T. do‘kondan o‘ralgan rafinad qand pachkasini sotib oldi. Uni uyida ochganida qand o‘rniga yaxshi maydalanmagan tuzni ko‘rdi. Xaridor do‘konga qaytib, chek va ochilgan pachkani ko‘rsatdi hamda pulini qaytarib berishni talab qildi. Biroq sotuvchi bu do‘konning aybi emasligini aytib, pulni qaytarib berishdan bosh tortdi.Bu holda sotuvchi iste’molchi huquqini buzdimi? Agar shunday bo‘lsa, T. o‘z huquqlarini qanday himoya qilishi mumkin? Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonuniga asossan
13-modda. Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari
Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
Agar nuqsonlar:
tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha olti oy mobaynida;
ko‘chmas mulk iste’molchiga o‘tkazilgan kundan e’tiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa;
mavsumiy tovarlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan bo‘lsa, iste’molchi mazkur huquqlarini ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Iste’molchi o‘ziga sotilgan to‘plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan va mustaqil narxga ega bo‘lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to‘plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni iste’molchi sotuvchiga qo‘yadi.
Iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatga taqdim etgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.
Iste’molchining texnik pasportni yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uni qayta tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining o‘zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.

Download 194,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish