Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet78/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg’arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli kishilar topilsa va ular eyishi uchun ovqat bo’lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo foydalanish mumkin. Chunki investitsiyaning asosi sifatida kapitalning tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkonini beradi va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka barham berishi mumkin.
Ammo J.S.Millning ta’kidlashicha, kapitalning rivojlanishiga boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri – kapitaldan keladigan daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me’yorli unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari miqdorini ko’paytirish ushbu miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas.
Umuman, foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda me’yorining vujudga kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi, baho esa – xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan joyda foyda ham bir xil bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda ... ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…, balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, mehnatkashlar ish haqi ko’rinishida iste’mol qiladigan mahsulotdan 20 foizga ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, foyda 20 foizni tashkil etadi».

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish