Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)



Download 3,72 Mb.
bet73/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillariga amal qilinayotgan bir paytda iqtisodchilar uchun aholining ko’payishi muammosi dolzarb hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari, o’sha davrdagi yetakchi iqtisodchilarining ko’pchiligining shaxsiy qarashlari homiladorlikdan saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo’lishgan, lekin ular o’z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo’lishgan.
Rikardoning tahliliy tizimida, Maltusning aholi borasidagi g’oyasi muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak degan fikrga ega bo’lgan va u ayniqsa uzoq vaqt oralig’ida daromadning taqsimlanishiga ta’sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan. Yer uchun to’lanadigan renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqi va foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning “Nufus qonunidagi” g’oyalari asosiy rol o’ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida ish haqi darajasi Maltus ta’limotiga ko’ra ish haqi darajasi aholining yashash darajasi minimumiga teng bo’ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga bo’linadi. Shunday qilib Rikardoning taqsimot nazariyasi Maltusning aholi nazariyasiga butunlay bog’liqdir. 1830 yilning ikkinchi yarmiga kelib Rikardoning iqtisodiy ta’limotlarini rad etuvchi ko’plab ma’lumotlar yig’ildi, o’sha vaqtlarda Rikardo ta’limotining asosiy g’oyasi bo’lmish uzoq muddatga mo’ljallangan davrda daromadlar taqsimotidagi o’zgarishlarni tushuntirishga ojizlik qildi.24
T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini etarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayib borish kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o’sadi (eslatib o’tamiz, arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo’lsa, asr oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga ko’payadi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’ulisi, eng ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi – texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi mumkin.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish