Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet75/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Jon Styuart Mill (1806-1873yy.)
J.S. Mill (1806 -1873) nafaqat iqtisodiyotga, balki iqtisodiyot bilan bir qatorda siyosiy fanlarga va falsafa fanlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan tug’ma qobiliyat egasi bo’lgan. Uning ulkan zakovat egasi bo’lishiga sabab yoshligida olgan kuchli ta’limi edi. Chunki uning otasi Jems Mill o’g’liga ta’lim berishni yoshligidan boshlagan. U 3 yoshligida grek tilini o’rgandi va 8 yoshligidan boshlab lotin tilini o’rgana boshladi. Shu bilan birga 13 yoshida matematika, kimyo, fizika, mantiq ilmini o’rganib bo’lgandan so’ng siyosiy iqtisodni o’rganishni boshladi. Uning rasmiy ta’lim olishi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilni Benhamning 5 tomli asarini tahlil qilishga bag’ishladi. Bu noodatiy kuchli ta’limning psixologik ta’siri oqibatida u 20 yoshida ruhiy tushkinlikka tushib qoladi, ammo ruxiy tushkunlik davridan so’ng Mill o’zini qo’lga oldi va o’z davri hamda barcha davrning yetakchi aql idrok egasi bo’lib qolishiga sabab bo’ldi.
J.S.Mill o’zining birinchi siyosiy iqtisod bo’yicha «tajriba»sini 23 yoshida, ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod tamoyillari…» bo’lib, u 1848 yili chop etilgan. Bu asar beshta kitobdan iborat: (1) “Ishlab chiqarish”, (2) “Taqsimot”, (3) “Ayirboshlash”, (4) “Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va taqsimotga ta’siri”, (5) “Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’siri to’g’risida”. Bu asarning so’zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni hisobga olgan holda A.Smitning “Odamlar boyligi ...” va D.Rikardoning “Siyosiy iqtisodning boshlanishi”ning yangilangan variantini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda tuzilishi esa, muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommaviylashtirdi, balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti (mutaxassisi) bo’lishiga qaramay, u o’zining aqliy qobiliyatini iqtisodiyotchilarni qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko’ra ancha kengroq ijtimoiy masalalarga yo’naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf deb ham atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimizm (kelajakka ishonchsizlik) fikrlari o’rniga, jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta’lim doirasi keng bo’lishiga qaramay Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta’limotlari tasir ko’rsatgan. Mill iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko’rinishi sifatida qaraydi. Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohatchi edi.
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta’limotlar rivojidagi o’rnini aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta’limotlarini o’zgartirishga sabab bo’ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o’zida klassik iqtisodiyotni yetuklik davri hamda iqtisodiy g’oyalarning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan “Siyosiy iqtisod tamoyillari” asari birinchi marta 1848 yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo’lsada, kitobda uning iqtisodiy qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda yechilishi kerak bo’lgan bir necha muammolar mavjudligi ta’kidlab o’tilgan. Mill, Rikardo ta’limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta’limotlarga 19 asrning ikkinchi chorigida paydo bo’lgan yangi ta’limotlarni qo’shishni o’zining asosiy vazifasi deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini rivojlantirishga hissa qo’shgan buyuk tafakkur egasi bo’lgan.
Jon Styuart Mill o’zining “Siyosiy iqtisod tamoyillari” (1848 y) asarida, (D.Rikardo tomonidan 1817 yilda “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish” asarini nashridan so’ng boshlangan kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta’limotlaridagi muhim g’oyalarini qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning g’oyalarini eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki uning asarlarida klassik iqtisodiy ta’limotning qaytadan ko’rib chiqishi hamda Rikardo ta’limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini bartaraf etilishini ko’rishimiz mumkin. Millni iqtisodiyotga qo’shgan xissasini aytishdan oldin, Rikardoning ko’plab tanqidlaridan bir nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta asosiy manbaga asoslangan.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish