Darslik, metodik qo‘llanma, metodik tavsiyalarni yangilash


-Mavzu: Adabiyot fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Shaxs ma’naviyatida adabiyot o‘qitishning o‘rni



Download 48,96 Kb.
bet2/5
Sana06.01.2022
Hajmi48,96 Kb.
#321738
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIRISH

1-Mavzu: Adabiyot fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Shaxs ma’naviyatida adabiyot o‘qitishning o‘rni.

R e j a :

  1. Adabiyot o‘qitishning maqsadi.

  2. Adabiy ta’limning vazifalari.

  3. Adabiyot o‘qitishning mazmuni.

Tayanch tushunchalar:

Adabiyot o‘qitish maqsadi, ma’naviy barkamol shaxs, adabiyot o‘qitishning vazifalari, kitob o‘qiydigan o‘quvchi, o‘qiganini tushunadigan o‘quvchi, asarni tahlil qiladigan o‘quvchi, fikrini ayta oladigan o‘quvchi, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, ta’lim standarti, o‘quvliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik qo‘llanmalar, ko‘rsatmali qurollar.

Xalqning madaniy-intellektual saviyasi o‘sib borishi bilan, umuman, san’atning, xususan, adabiyotning shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyat hayotiga, uning ma’naviy-psixologik iqlimiga ta’siri orta boradi. Shuning uchun ham jamiyat hayotining burilish davri bo‘lgan hozirgi kunlarda adabiyot yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda beqiyos o‘rin tutadi. Badiiy adabiyot nafaqat xalq ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, balki mamlakat iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishda, sotsial rivojlantirishni yaxshilashda ham katta o‘rin tutadi. Chunki jamiyat taraqqiyoti tezligi unda yashayotgan odamlarning intellektual va ruhiy imkoniyatlari darajasiga bog‘liqdir. Binobarin, jamiyat a’zolari tafakkuri va ma’naviyatining qandayligi jamiyat taraqqiyotining sur’atini belgilaydi. Millat yoshlarining ma’naviyati qaror topishida adabiyot o‘qitish muhim o‘rin tutadi. Yoshlarning muayyan hayotiy vaziyatlarda qaysi yo‘lni tutishi, qanday to‘xtamga kelishi, ko‘zda tutgan ishlarni qay saviyada bajarishlari, ko‘p jihatdan, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida badiiy asarlarning qanday o‘rgatilishiga bog‘liqdir.

Shuning uchun ham adabiyot metodikasi ilmi uchun adabiy ta’limning asoslarini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Sho‘rogacha bo‘lgan davrda adabiyot islom aqidalariga amal qiladigan, shariat talablarini bajaradigan, ilohiy ma’rifatga intilib, Allohning jamolidan bahramand bo‘lishga urinadigan shaxslarning ma’naviyatini tarbiyalash maqsadida o‘qitilar edi. Bu, albatta, umumiy mo‘ljal, intilinadigan oliy marra edi-yu, lekin u har bir maktabdor va undagi o‘qituvchi uchun yagona mo‘ljal edi deb aytish mushkul. Chunki maktab xususiy, o‘qitish ixtiyoriy bo‘lgani uchun bu borada har xilliklar bo‘lishi tabiiy edi.

Sho‘ro davrida esa adabiy ta’lim o‘quvchilarda kommunizm ishiga sadoqat, Lenin g‘oyalariga ishonch hamda g‘oyaviy-siyosiy yetuklik shakllantirish maqsadida o‘qitilar edi. Bu maqsad, ayniqsa, o‘zbek maktablarida yalang‘och ko‘rinish olgan edi. Shuning uchun ham bizda badiiy asarlar, asosan, ijtimoiy nuqtai nazardan talqin etilishi avj olgandi.

Zamonaviy ma’nodagi milliy adabiyot o‘qitish metodikasi ilmini shakllantirishda karvonboshi bo‘lgan, bu soha bilan ikkinchi bo‘lib professional darajada shug‘ullangan olim S. Dolimov ushbu fan tomonidan hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolarni ilmiy asosda ko‘rsatib beradi: “Metodika bir-biri bilan bog‘langan quyidagi masalalarni hal qiladi: kimni o‘qitish va nima uchun uni o‘qitish kerak (bu – ta’limning maqsadi), nimani o‘qitish lozim (bu – ta’limning mazmuni va sistemasi), qanday qilib o‘rgatish kerak (bu – ta’limning formasi va metodi)1. Ma’lumki, ilmda masalaning to‘g‘ri qo‘yilishi muhim sanaladi. Chunki to‘g‘ri qo‘yilgan masala erta bo‘lmasa, kechroq, qachondir o‘zining haqqoniy yechimini topadi. Noto‘g‘ri qo‘yilgan masala esa, kishini chalg‘itib haq yo‘ldan uzoqlashtiradi. Keltirilgan ko‘chirmadan olimning adabiyot o‘qitishning asoslarini to‘g‘ri belgilab olish maktab adabiy ta’limini yo‘lga qo‘yish uchun hal qiluvchi ahamiyatga egaligini bexato bilgani anglashiladi.

Adabiyotning qanday o‘qitilishi, binobarin, jamiyat a’zolari ma’naviyatining qay yo‘sinda shakllantirilishi, birinchi navbatda, adabiyot o‘qitishning asoslarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Adabiy ta’limning asoslari maqsad, vazifalar va mazmun tushunchalarini o‘z ichiga oladi.

Maktabda adabiyot o‘qitishning maqsadi to‘g‘ri belgilanmasa, ta’lim jarayoni qanchalik mahorat bilan uyushtirilmasin, arziydigan samaraga erishib bo‘lmaydi. Afsuski, adabiyot o‘qitish amaliyotida na bosh, na umumiy va na xususiy maqsadlarni aniqlab olmay turib ish ko‘rish holati ommaviy tus olgan. Shuning uchun ham juda ko‘pchilik hollarda o‘quvchilar nima uchun adabiyot o‘rganishlari kerakligini bilmagani kabi, o‘qituvchilar ham ayni mavzuni nega o‘rgatayotganlari haqida tuzukroq tasavvurga ega bo‘lmagan holda ish yuritaveradilar.

Shuning uchun ham domla S. Dolimov o‘z davridagi hukmron mafkura talabidan kelib chiqib, badiiy adabiyotni ideologiyaning bir turi deb sanagan, adabiyot predmetini o‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy tarbiya berishning vositasi deb qaragan bo‘lsada, hamisha maktab adabiy ta’limi o‘z oldidagi maqsadni aniq belgilab olishi kerakligini ta’kidlagan. Metodist olim adabiyot predmetining birinchi navbatdagi vazifasi o‘quvchilarni estetik zavqqa ega, badiiy jozibani tuyadigan shaxslar sifatida tariyalash ekanini nazarda tutib ish ko‘rardi. Bu hol olimning quyidagi fikrlarida yaqqol namoyon bo‘lgan: “...o‘qituvchilar, metodik qo‘llanmalarning avtorlari adabiyotni faqat o‘quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, qahramonga xarakteristika berish yo‘llarini, uning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishni o‘rgatadi deb talqin qiladilar. Ular adabiyotning estetik ta’sirini, shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishini ikkinchi o‘ringa qo‘ydilar, ba’zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo‘ydilar”2.

Chindan ham o‘quvchilarga biror adabiy asar bo‘yicha reja tuzish, biror mavzuda insho yozdirish, biror asarning mazmunini aytib berishga o‘rgatishning o‘zi maqsad bo‘lolmaydi. Chunki sanalganlar biror faoliyat uchun maqsad bo‘lishga arziydigan miqyosdagi yumushlar emasdir.

Ko‘pchilik o‘qituvchilar nazarida adabiy ta’limdan maqsad yozuvchilar va ularning ayrim asarlari haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishdan iboratdir. Qizig‘i shundaki, sho‘ro davridagi shu xil hujjatlarda adabiyot o‘qitishning vazifalari ko‘rsatilar edi-yu, uning maqsadi nazardan chetda qolardi. Holbuki, u yoki bu o‘quv fanining bosh maqsadi ta’lim tizimi oldiga buyurtmachi bo‘lmish jamiyat tomonidan qo‘yiladi va tegishli hujjatlarda aks etgan bo‘ladi. Hozirgi kunda maktabda adabiyot o‘qitishning bosh maqsadi sog‘lom e’tiqodli, o‘tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan yetuk, o‘zga insonning tuyg‘ularini anglaydigan, o‘z xatti-harakatlari uchun javob bera oladigan shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan iborat deb belgilanadi. Bu maqsadga o‘quvchida badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish, ularga adabiyotning sehrli olami tilsimini topib berish orqali erishiladi. Darslikdagi va xrestomatiyalardagi asralarni o‘z talabalariga to‘liq o‘qitgan, ammo ularni dasturda bo‘lmagan boshqa badiiy asarlarni o‘qishga o‘rgata olmagan o‘qituvchi mehnatkash, fidoyi bo‘lsa-da, maqsadiga erishgan muallim sanalmaydi.

Jamiyat taraqqiyotining bugungi bosqichi mustaqil fikrlaydigan shakllantirishni taqozo etadi. Bunday shaxssiz mustaqillik – puch gap. Chunki mamlakatning mustaqilligi unda yashayotgan kishilarning mustaqilligidan boshlanadi. Estetik va axloqiy jihatdan yetarli tarbiya olmagan kimsa mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxs u yoqda tursin, umuman, shaxs bo‘lolmaydi.

Jamiyat tomonidan belgilangan ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, har bir darsda sinfdagi o‘quvchilar oldiga har bir o‘qituvchining o‘zi ham maqsad qo‘yadi. Bu maqsadni umumiy maqsad deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Uning shunday atalishi sababi shundaki, bu maqsadlar sinfdagi barcha o‘quvchilarga qaratilgan va ularni o‘z atrofiga birlashtiradigan bo‘ladi. Umumiy maqsad а) tarbiyaviy maqsad; b) ta’limiy maqsad; v) rivojlantirish maqsadi kabi uchga bo‘linadi. YA’ni o‘qituvchi har bir dars mobaynida ma’lum darajada tarbiya, ma’lum darajada ta’lim berish orqali o‘quvchini muayyan darajada rivojlantirishga erishishi lozim bo‘ladi.

Hozirgi kunda pedagogika ilmi va amaliyotida maqsadni natija bilan muvofiqlashtirishga urinish, identifikatsiyalash harakati ketmoqda. Ya’nikim, o‘qituvchi o‘zi va o‘quvchilari oldiga shu qadar aniq, ko‘zga ko‘rinadigan maqsad qo‘yishi kerakki, u o‘quvchi dars davomida erishadigan natijaga teppa-teng bo‘lishi lozim. O‘qituvchi qo‘ygan maqsad bilan o‘quvchi erishgan natijaning bir xilligiga erishish identifikatsiyalashgan (bir xillashtirilgan) maqsadga yetishish demakdir. Buning uchun umumiy maqsad o‘ta konkret bo‘lib, har bir unsuri aniq ko‘rinish kasb etadigan darajada maydalashtirilishi, mashg‘ulotni tashkil etgan ichki unsurlarga, hozirgi til bilan aytganda, o‘qitish modullariga muvofiq kelishi lozim bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir o‘quvchi yoki talaba o‘quv muassasasiga o‘zigagina ma’lum bo‘lgan shaxsiy yoki individual bir maqsad bilan keladi. Shaxsiy maqsad hamisha ham ta’lim olish, tarbiyalanish yoki rivojlanishni ko‘zda tutgan bo‘ladi deyish qiyin. Chunki o‘quvchi ko‘pchilik holatlarda biror darsga kirar ekan, o‘z maqsadini aniq belgilab olmagan bo‘ladi. Adabiyot o‘qituvchisi bir sinfdagi turli-tuman shaxsiy maqsadga ega bo‘lgan bolalarni bitta umumiy maqsadga birlashtira olishi kerak. Buning ustiga, umumiy maqsad bosh maqsadda belgilab qo‘yilgan pedagogik marralarga muvofiq kelishi va unga yo‘naltirilishi lozim.

Maqsad tayin etilgach, unga erishishning yo‘llari qidirladi va u ilmda vazifalar tushunchasi bilan umumlashtiriladi. Adabiyot o‘quv predmeti oldida o‘quvchilarni badiiy asar o‘qiydigan qilish, tabiiy va badiiy go‘zallikdan hayratlanish, lol qolish, yomonlik va qabohatdan nafratlanishga o‘rgatish kabi vazifalar bor. Negaki, ana shunday sifatlarga ega bo‘lmagan odamda ezu ma’naviy fazilatlar shakllanmaydi. Ma’lumki, insoniy qadriyatlarga befarq, yaxshi bilan yomon, go‘zal bilan xunuk, halol bilan haromni farqlamaydigan kishilardan iborat jamiyat tanazzulga, inqirozga mahkumdir.

Maktab adabiyoti har qanday odam uchun o‘zini tanish vositasi, o‘zini tanish esa, o‘zgani tushunishdan boshlanadi. O‘zgani tushunish mashqi badiiy asarlardagi qahramonlarni his etishdan ibtido oladi. Shundan kelib chiqqan holda maktabda adabiyot o‘qitishning vazifalarini o‘quvchilarda badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish, ularni ko‘rkam asarlarni o‘qiydigan, o‘qiganlarini tushunadigan va tahlil qila biladigan, badiiy matn to‘g‘risidagi fikrlarini og‘zaki yoki yozma tarzda to‘g‘ri hamda erkin ifodalay oladigan qilib shakllantirishdan iboratdir deb belgilash mumkin. Adabiyot o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli o‘tashi uchun jamiyat tomonidan pedagogik tizim oldiga qo‘yilgan bugungi talablardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim.

Adabiyot predmetini o‘rganish tufayli o‘quvchilarda hosil qilingan tuyg‘u, bilim, ko‘nikma va malakalar ularning turmushiga, jamiyat hayotidagi ishtiroklariga xizmat etishi, o‘quvchilarda sog‘lom dunyoqarash, ezgu hayotiy pozitsiya hosil qilishi zarur.

Adabiyot boshqa predmetlardan farqi o‘laroq, odam uchun faqat maktabdagi o‘qish davridagina emas, balki umri mobaynida o‘rgatilishi zarurdir. Adabiyot yaxshi o‘qitilishi asnosida, maktabga kelganida eplab jumla tuzaolmaydigan bola tilning ma’no nozikliklarini puxta egallab oladi. Yozma va og‘zaki tarzda ravon fikr ifodalashni o‘rganadi. Eng muhimi, uni ezgu ma’naviyatli odam sifatida shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Xullas, o‘quvchilarning ahloqiy-estetik jihatdan komil bo‘lib tarbiyalanishi adabiyot predmetining qanday o‘qitilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq va ularni shunday ma’naviy sifatlar egasi qilib tarbiyalash adabiyotning vazifasidir.

Bilim o‘z holicha hali e’tiqod emas. E’tiqodga aylanmagan bilim foydalanilmay turgan imkoniyatdir xolos. Agar o‘z vaqtida to‘g‘ri tarbiya ko‘rmagan bo‘lsa, juda bilimdon odam ham e’tiqodsiz kimsa bo‘lib qolaverishi mumkin. E’tiqod odamning o‘z fikri, tutumi va qilgan xatti-harakatlariga ma’naviy-axloqiy asos borligiga qat’iy ishonishi demakdir. Shu ma’noda adabiyot e’tiqodni tarbiyalash quroli hamdir.

Adabiyot o‘qitish ezgu e’tiqodni shakllantiradigan darajada bo‘lishi uchun uning mazmuni sog‘lom va yuksak bo‘lishi kerak. Hisobga olish kerakki, adabiy ta’limning maqsad va vazifalari, tabiiy ravishda, adabiyot predmetining mazmunini belgilaydi. O‘zbek va jahon adabiyotining badiiy yuksak namunalari hamda o‘qilgan asarlarni tushunish va tahlil qilish malakalarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi nazariy ma’lumotlar adabiyot o‘quv fanining mazmunini tashkil etadi.

Adabiyot o‘qitishning mazmuni, birinchi navbatda, dasturda ifoda etiladi. Bundan tashqari, darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ko‘rsatmali qurollar, yordamchi vositalar ham ta’lim mazmunini tashkil etadigan unsurlardir.

Adabiyot dasturida qaysi sinfda qaysi asarlar qancha vaqt davomida o‘rganilishi, qanday asarlar o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘qilishi belgilab beriladi. Shuningdek, adabiyot nazariyasi bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi, bog‘lanishli nutqni o‘stirishga oid mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlar ham ko‘rsatiladi. O‘qituvchi dasturga ijodiy munosabatda bo‘lishi lozim. Dastur rasmiy pedagogik hujjat, tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlangan huquqiy asos bo‘lsa-da, hech qanday o‘zgarishlarni tan olmaydigan aqida emas. Shu boisdan o‘qituvchi o‘quvchilarning xarakter xususiyatlarini, bilim saviyalarini hisobga olib, unga ayrim o‘zgarishlar kiritishi mumkin. O‘qituvchi mavzuli reja tuzishda dastur talablarini imkon qadar to‘liq bajarish yo‘lini o‘ylashi kerak.

Dasturda uchta asosiy narsa bor: a) dastur materiali; b) materialni o‘rganish tartibi; v) mashg‘ulot miqdori.

Dastur materiali, birinchidan, tarbiyaning talabiga muvofiq bo‘lishi, ikkinchidan, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi, uchinidan, badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi kerak. Shu shartlarga amal qilinsa, taqdim etilgan badiiy material o‘quvchilar tomonidan tez o‘zlashtiriladi va ularning ma’naviyatiga kuchliroq ta’sir o‘tkazadi.

Adabiy ta’lim mazmunini ifoda etadigan tushunchalar orasida adabiyot darsliklari alohida o‘rin tutadi. Adabiyot darsliklari o‘quvchilarga hamma narsani aytib beradigan yo‘sinda emas, balki ularni o‘ylashga majbur etadigan, muayyan aqliy va ma’naviy zo‘riqishni talab qiladigan tarzda yozilishi zarur. Shundagina ular o‘quvchilarni o‘ziga rom etib, ularning ishchi kitoblariga aylanadi. O‘zbek maktablarida darsliklar ko‘p vaqtlar mobaynida o‘qituvchilar uchun ham yagona manba bo‘lib keldi. Endilikda o‘qituvchilar saviyasining pasayishiga olib keladigan bunday holga chek qo‘yish vaqti keldi. Shu bois o‘qituvchilar uchun alohida didaktik ashyolarning turli ko‘rinishlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi joiz.

Aytilganlardan kelib chiqib umumiy to‘xtamga kelinsa, adabiyot o‘qitishning maqsadi, vazifalari va mazmuni adabiy ta’limning asoslarini tashkil etadi.




Download 48,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish