Darslarda multimediali vositalardan foydalanishda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish



Download 39,5 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2022
Hajmi39,5 Kb.
#573708
1   2
Bog'liq
DARSLARDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHDA

Diqqatning bo‘linishi. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma’lumotlar, turli havola (ссылка) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin.
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an’anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab.
Vaqtning ko’proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ishda yaratish singari multimediadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta’lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi.
Dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta’lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi.
Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia
vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma’lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.
Hozirgi kunda o‘quv jarayonini takomillashtirish va qo‘llab- quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ko‘pgina kompyuter dasturlari mavjud. Ulardan ba’zilari ta’lim jarayoniga doimiy ravishda tatbiq etilmoqda. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: avtomatlashtirilgan o‘quv tizimlari; ekspert o‘rgatish tizimlari; o’quv ma’lumotlari bazasi; bilimlar bazasi; multimedia tizimlari; virtual
voqelik tizimlari; ta’lim kompyuter telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqalar.
Bunday tizimlarni yaratishda juda ko‘p dasturlar ishlab chiqilmoqda va ularning imkoniyatlari ham turlicha. Xususan, My Autoplay 10 dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratish ta’lim beruvchilar uchun birmuncha qulayliklar yaratadi.
Arafasoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bu dastur yordamida yaratilgan loyihalarni tashqi xotira qurilmalariga (CD, DVD va hk.) avtoyuklanuvchi qilib yoki kompyuter xotirasiga yozish mumkin. Bu dastur yuqorida keltirilgan multimediali darsliklar yaratishdagi ayrim muammolarni, ya’ni vaqtni qisman tejash, o‘quv dasturi tayyorlashdagi ayrim murakkabliklarni qisman hal etish
mumkin. Mazkur dastur foydalauvchi uchun juda qulay interfeysli hisoblanib vizual muhitga ega, ya’ni hech bir ssenariylar yozmasdan Windows operatsion tizimi uchun ilova dastur tayyorlash mumkin. Dasturni ishga tushirilganda bir qancha shablonlar taqdim etiladi. Ular ichidan keraklisini tanlash orqali ishchi maydon hosil qilinadi. Foydalanilgan obyektlarga qо‘shimcha imkoniyat
qо‘shish, keyingi saxifalarga o‘tish, turli jarayonlarni amalga oshirish mumkin. Ta’lim oluvchining mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlarni turli yo‘llar orqali (oddiy matn, video rolik, taqdimot va h.k. kо‘rinishda) taqdim etish, o‘zlashtirish darajasini oshirish va olgan bilimini tekshirish uchun testlardan foydalanish orqali olgan bilimlarni nazorat qilish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
Xulosa o‘rnida, hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish yetakchi pedagogik- uslubiy g‘oyaga aylangani hammaga ma’lum. Shunday ekan ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, elektron o‘quv kurslarini yaratish va tashkil qilish har bir soha vakillari uchun dolzarb vazifalardan biri bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari elektron to’plami.
2. A.Umarov “Zamonaviy kutubxona qanday bo’lishi kerak?
3. www.kitob.uz
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish