Darsga qanday kayfiyat bilan kirdingiz? Yusuf Xos Hojib Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab turkiy tilda ijod etgan buyuk shoirdir. Yusuf-asl ismi.Aynan “Qutadg`u bilig” dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo`lgani uchun muallifga “xos hojib”, ya`ni eshik og`asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir buni o`ziga taxallus qilib olgan . Yusuf qadimiy Bolosog`un shahrida tug`ilgan . Bolosog`uniy deyilishi- shundan. Ba`zi manbalarda bu shahar Quzo`rda deb ham tilga olinadi. “Qutadg`u bilig” asari - Asar hijriy 462, ya`ni milodiy 1069-1070-yili Qoshg`arda yozib tugallangan. Hajmi 6409baytdan iborat
“Qutadg`u bilig”- Baxtga elguvchi bilim - Tegurdi menga algi ellik yoshim,
- Qug`u qildi quzg`un tusitek boshim.
- Oqir ellik emdi mengar kel teyu,
- Pusug` bo`lmasa, bordim emdi naru
- Ushbu misralarga tayanib , olimlar Yusuf Xos Hojib bu kitobini ellik yoshlarida yozgan deb hisoblaydilar
Qoraxoniylar davlati - Doston yaratilgan XIasr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri edi. Yuqori Chindan Kasbiy dengizi ga qadar bo`lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida edi. Koshg`ar (ikkinchi nomi O`rdukent) shu ulug` saltanatning poytaxti edi. Bolosog`un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisoblanardi.
Xonga qilingan tortiq - Yusuf Xos Hojib dostonni tugallagach, uni zamon hukmdori (elig) Tavg`achxon Ulug` Bug`ra Qoraxonga taqdim etadi.
Vena nusxasi - 1439-yili Hirotda uyg`ur yozuvi
- bilan ko`chirilgan. Kitob 1474-yili Turkiyaga keltirilgan Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olibVenadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yilda fransuz sharqshunosi Jaubet Amadee bu buyuk asar haqida ma’lumot berib, ilm ahliga tanishtiradi.
Qohira nusxasi - 1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko`chirilgan nusxasi Qohirada topildi.
Namangan nusxasi - Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga Farg`ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh degan kishining qo`lida “Qutadg`u bilig”ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi.
- Atoqli adabiyotshunos Abdurauf Fitrat 1924-yili u insondan shu qo`lyozmani olishga muyassar bo`ladi.
Dostonning dovrug`i - Chinliklar “Adab ul-muluk”
- ( “Podshohlar odobi”)
- Mochinliklar “Amin ul-mamlakat”(“Mamlakat omonliklari”)
- Sharq elining ulug`lari “Ziynat ul-umaro” ( “Amirlar ziynati”)
- Eronliklar “Shohnomayi turkiy”
- ( “Turkiy Shohnoma”)
- Turonliklar “Qutadg`u bilig”, ba’zilar esa “ Pandnomayi muluk”(“Podshohlar pandnomasi”) deb tilga olganlar
- “Qut”- baxt, saodat, “bilig”-esa bilim degani.
- “Baxtga eltuvchi bilim”
- “Saodatga yo`llovchi bilim”
- “Baxtliklanish bilimi” (Fitrat)
Asosiy 4 qahramon - Kuntug`di (chiqqan quyosh)-elig, hukmdor, adolat ramzi
- Oyto`ldi (to`lgan oy- vazir, baxt va davlat ramzi
- O`gdulmush (aqlga to`lgan)-vazirning o`g`li, aql va zakovat ramzi
- O`zg`urmush(uyg`ongan)- vazirning qarindoshi, qanoat, ofiyat, sog`lomlik ramzi.
- Bu to`rt nang uza so`zladim men so`zung,
- O`qisa ochilgay yetig qil ko`zing.
- ( So`zni shu to`rt narsa ustida yuritdim,
- Uni o`qib tushunilsa ro`shnolik bo`ladi, ko`zingni och)
Darsdan so`ng qanday kayfiyatdasiz? Keyingi darsda ko`rishguncha!
Do'stlaringiz bilan baham: |