. Nazariy jihatdan DNK replikatsiyasining bir nechta variantlari (xillari) bo`lishi mumkin: 1) konservativ usulda DNK ning ―bola‖ qo`sh spirali ―ona‖ DNK zanjiridan ajralmaydi; 2) yarim konservativ usulda ―ona‖ DNK zanjiri ajralib, ularning har biridan ―bola‖ DNKning komplementar zanjiri hosil bo`ladi; 3) dispersiv usulda ―ona‖ DNK bir necha joyidan uziladi va undan DNK ning yangi zanjirlari hosil bo`ladi.
1957 yilda Meselson va Stal tirik organizmlarda DNK replikatsiyasi yarim konservativ mexanizm bo`yicha borishini aniqlashdi.
DNK replikatsiyasi uchun quyidagilar talab qilinadi:
1) DNK yangi zanjiri uchun struktura materiali sifatida dezoksiribonukleozidtrifosfatlar (dATF, dGTF, dSTF, dTTF) bo`lishi kerak; 2) DNK qo`sh zanjirini yechilishi; 3) tomizg`i mavjudligi; 4) yangi DNK polinukleotid zanjirini sintezi va tomizg`i hosil bo`lishida ishtirok etuvchi fermentlar.
Prokariotlarda DNK replikatsiyasi mexanizmi. Jarayonning har bir bosqichi maxsus fermentlar ishtirokida bajariladi.
1. Ajtratuvchi oqsillar DNK qo`sh zanjiri komplementar asoslari o`rtasidagi vodorod bog`larini uzadi. Natijada qo`sh zanjir yechilib, alohida zanjirlarga ajraladi. DNK ning yechilgan qismiga replikativ vilka (sanchqi) deb aytiladi. Uning hosil bo`lishida bir yo`la 200 molekulagacha ajratuvchi oqsillar ishtirok etadi. Replikativ vilkaning har bir shoxchasida yangi DNK sintezi boshlanishida 2000 gacha juftlashmagan asoslar qatnashadi. Ajratuvchi oqsillarning ta’sir mexanizmi to`liq o`rganilmagan, DNK zanjirini ajralishida balki ATF energiyasi sarflanadi
2. ―Tomizg`i‖ DNK ga bog`liq (to’be bo`lgan) RNK polimeraza – odatda
transkriptsiyada ishtirok etadigan fermentlar – RNK-polimerazalarning alohida varianti bo`lib, replikativ vilkadagi DNK ning komplementar qismida RNK ―tomizg`i‖ (―praymer‖) hosil qiladi. RNK-tomizg`ining sintezi 5¹ oxiridan 3¹ oxiriga qarab boradi. Nukleotidlarni RNK da joylashish tartibini DNK – matritsa belgilab beradi, nukleotidlarning 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog`lari yordamida bog`lanishi RNK-polimeraza ishtirokida amalga oshadi.
3. DNK-polimerazalar.
3. DNK-polimerazalar.
Prokariotlarda I, II va III turdagi DNK-polimeraza shakllari ma’lum. Ularning hammasi 2 turdagi: polimeraza va nukleaza faolligiga ega. Polimerazali faollik dezoksiribonukleotidlar orasidagi 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog`larini hosil bo`lishida, nukleazali faollik esa fosfodiefir bog`larining gidrolizida qatnashadi