Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism ____ minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) ____ minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish ____ minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash ____ minut
5.O’quvchilarni baholash ____ minut
6. Uyga vazifa ____ minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'zlarning tuzilishini aniqlang. Imlosiga e'tibor bering.
Qizil, och pushti, to'q qizil, egri-bugri, qing'ir-qiyshiq, tinchliksevar, erkparvar, qip-qizil.
BILIB OLING. Sifatlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi. Bir asosdan iborat bo'lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi.
337-mashq. Gaplarni ko'chiring. Ajratib ko'rsatilgan sifatlarning tuzilishiga ko'ra turini aniqlang.
1. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. (A. Ibrohimov) 2. Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o'sgan archalar yo'g'on va bo'ydor bo'ladi. (Y. Qarshiboyev) 3. Atrofdagi hovlilardan ko'tarilgan tutunlar ko'kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. (Oybek) 4. Qo'limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog'i suzsangiz bir enlik keladi. (O'. Umarbekov) 5. Bu bog'lar ichida oq qizg'ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko'rkam binolar, ko'shklar, kichik-kichik saroylar ko'zga tashlanadi. (Mirkarim Osim)
338-mashq. «Biz tabiat farzandlarimiz» o'yinini uyushtiring. Buning uchun ikki guruhga bo'lining. Boychechak, chuchmoma, devpechak, chumchuqko'z, otquloq kabi o'simliklarga xos bo'lgan belgilarni topish bo'yicha musobaqa o'tkazing.
339-mashq. Matnni ko'chiring. Sodda sifatlarni aniqlab, ularga izoh bering.
Cho'l-u biyobon. Keng, ulug'vor sahrolar ufqdan-ufqqa tutashgan. Kuz fasli. Shamollar mayin, yoqimli esadi. Tiniq, ko'm-ko'k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi. Yuksak tog'lar tumanda. Men tomosha qilib boraman, xayol qanotida go'yo sahrolar, tog'lar kezaman. Bulutlar rang-barang, ranglar tinmay o'zgaradi. «Tabiatning siri, ma'nosi chuqur», deyman ichimda. (Oybek)
1. Sifatlar tuzilishiga ko'ra necha xil bo'ladi?
2. Sodda sifatlar deb nimaga aytiladi?
3. Sodda sifatlarga xos bo'lgan belgilar haqida so'zlab bering.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |