Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism ____ minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) ____ minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish ____ minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash ____ minut
5.O’quvchilarni baholash ____ minut
6. Uyga vazifa ____ minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'z birikmalaridan qanday? qanaqa? qaysi? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlarni aniqlang.
Chiroyli ko'ylak, baland bino, devoriy gazeta, qiziq gap, kuzgi ekin.
BILIB OLING. Otga bog'lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarga sifat deyiladi.
325-mashq. Matnni o'qing, belgini bildirgan so'zlarni aniqlang.
Baqqol amaki o'zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam. Qorni ham haddan tashqari katta bo'lganligi uchun o'tirganda xuddi bir qop go'shtdek bo'lib qoladi. O'ziyam juda g'alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo'lmaydi. Bir qarasangiz, qiziq-qiziq gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o'tiradi; bir qarasangiz, gung bo'lib boshini egib oladi. (X. To'xtaboyev)
326-mashq. Matnni ko'chiring. Sifatlarni topib, ularning qanday so'roqqa javob bo'layotganini aniqlang.
Yo'lga tushishdi. Kech kirib, ajib bir so'lim payt boshlandi. Yonbag'irlar ko'm-ko'k. Bu taraflarda mashinalar ko'p qatnamaganidan chang-to'zon bo'lmas, tez-tez yomg'ir quyib turganidan daraxtlarning shundog'am beg'ubor barglari yuvilib, xandon pista mag'zidek och yashil tusda ko'rinar edi. Yo'lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbag'irlik, bir tomoni soy. Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg'oqqa sapchib oqardi. (Said Ahmad)
1. Sifat deb nimaga aytiladi?
2. Sifatlar qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
3. Rang-tusni bildiruvchi sifatlarga misollar keltiring.
4. Maza-ta'mni bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing.
5. Belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar qaysilar?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |