Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan so'zlarni -roq qo'shimchasini oladigan, olmaydigan guruhlarga ajrating.
Mazali, go'zal, chiroyli, ro'molli, sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so'nggi, kuzgi, chillaki, yuzaki.
2-topshiriq. Berilgan so'zlarni eng, juda, sal so'zlari bilan birika oladigan va birika olmaydigan guruhlarga ajrating.
Qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do'ppili, beor, serg'alva, devsifat, devoriy.
BILIB OLING. Belgini to'g'ridan-to'g'ri ifodalaydigan va uni darajalab ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go'zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki. Belgini to'g'ridan-to g'ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ko'chma, derazali, devoriy.
351-mashq. Gaplarni ko'chiring. Asliy va nisbiy sifatlarning tagiga chizing, ularni izohlang.
1. Hovlimizda ko'cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor. (N. Toshev) 2. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. (A. Ahmedov) 3. Uning jussasi kichkina bo'lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o'tkir, ovozi esa jarangdor. (H. Akbarov) 4. Yonbag'irlarda rango-rang tovlanib, xushbo'y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman. (R. Musayev) 5. Saksfar oltmishlarga borib qolgan bo'lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg'ayrat va tavakkalchi odam edi. (Mirkarim Osim)
352-mashq. Sifatlarni o'zi bog'langan so'zlar bilan birga ko'chiring va ularning asliy yoki nisbiy sifat ekanligini tushuntiring.
Tog' etaklarida ko'm-ko'k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo'y giyohlarning hidlari anqiydi. Daraxtlar siyrak, onda-sonda pakana daraxtlar uchrab qoladi. Otlar balandlik, tepalikka intilib, oyoqlarini g'urur bilan chiroyli tashlaydi, boshlarini ko'rkam tutadi. Shu sayrdan, tabiatning go'zalligidan nash'a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko'zlarida xushnudlik ifodasini ko'raman. Naqadar go'zal jonivor bular.. Sevaman, ko'ngildan, chindan sevaman otlarni!.. (Oybek)
353-mashq. Matnni o'qing. Asliy va nisbiy sifatlarni toping. Ular nimasi bilan farqlanishini tushuntiring.
Dam olish kunlaridan biri edi. Ko'chaga chiqdim. Kech kuz bo'lsa ham havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar... Go'yo ko'chaga chiqishingizni kimdir bilgan-u yo'lingizga gilam to'shab qo'ygan.
Har yil kuzda, xazonrez paytida menga shunday tuyuladi, shuning uchun ham ko'chaga chiqaman, serdaraxt xiyobonlarni uzoq aylanaman. (O'. Umarbekov)
1. Asliy sifatlar deb nimaga aytiladi?
2. Nisbiy sifatlarga misollar keltiring.
3. Nisbiy sifatlarga -roq qo'shimchasini qo'shish mumkinmi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |