Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Sifat yasovchi qo'shimchalarni aniqlang.
Foydali, serharakat, go'shtdor, tartibsiz, yasama, devoriy, noaniq, talabchan, odamsimon, bebaxt, yengilmas, basavlat.
2-topshiriq. Berilgan so'zlarga -li, ser-, -mand, -dor, bo-, -siz qo'shimchalarini qo'shing. Ularning qanday ma'no ifodalashini ayting.
Shira, go'sht, savlat, davlat.
BILIB OLING. -li, ser-, -dor, -siz, no-, -chan, -ma, -iy(-viy) kabi qo'shimchalar sifat yasovchi qo'shimchalar hisoblanadi.
ESDA TUTING. -li, -dor, ba-, ser-, -mand qo'shimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi. Bu qo'shimchalar (-mand qo'shimchasidan tashqari) asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be-qo'shimchalari bilan zid ma'nolidir.
331-mashq. Gaplarni o'qing. Sifat yasovchi qo'shimchalarni aniqlang, imlosini tushuntiring.
1. Yo'lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. (O'. Umarbekov) 2. Uning chaqnoq ko'zlari, siyrak qoshi, o'ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. (Yo'ldosh Sulaymon) 3. G'iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. (N. Fozilov) 4. Mehmon degan unaqa sergap bo'lmaydi,— dedi u ayyorlarcha kulib. (Said Ahmad) 5. Bo'm-bo'sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. (O'. Hoshimov) 6. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. (P. Qodirov)
332-mashq. «Hikmatnoma» asaridan olingan gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga sifat yasovchi qo'shimchalardan mosini qo'yib, ularning imlosini tushuntiring.
1. Yoqim... do'st suhbati olis yo'lni yaqin qiladi. 2. Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunoh... esa g'am va qayg'u ostidadir. 3. ...hayo odamlar bilan suhbatdosh bo'lgandan ko'ra yolg'iz o'tirgan afzal. 4. Rostgo'ylik adabning ustuni, inson...likning asosidir. 5. Do'st... odamning meva... daraxtdan farqi yo'q. 6. ...gaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.
1. -iy, -viy qo'shimchalarining imlosi haqida so'zlab bering.
2. -q, -qi qo'shimchalari qo'shilishi natijasida o'zakda qanday tovush o'zgarishlari ro'y beradi?
3. be-, no-, ser-, ba- qo'shimchalari ishtirokida so'zlar yasang.
3-topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Yasovchi qo'shimchalarni aniqlang va ularning ma'nolarini ayting.
Kuzgi, gulsimon, devoriy, qishki, ilmiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |