Dars turi: Noan'anaviy dars.
Dars usuli: Interfaol
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatmalar, test savollari, kompyuter va darslik.
Dars bosqichlari
|
|
|
1.Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
|
2.O’tilganmavzularni takrorlash
|
12 daqiqa
|
|
3.Yangi mavzu bayoni
|
18 daqiqa
|
|
4.Yangi mavzuni mustaxkamlash
|
9 daqiqa
|
|
5.O’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
|
6.Darsni yakunlash
|
1 daqiqa
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) O‘quvchilar davomatini aniqlash;
c) Sinfning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
|
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Avvalgi darsda o’tilgan mavzu: Shar bo’laklari va ularning hajmi
Sinf o’quvchilari uchta guruhga ajratiladi va har bir guruhga nom beriladi. Har bir guruh (avvaldan tayyorlab qo‘yilgan) kartochkadagi savollardan ikkitadan tortadi. Savolga javob bergan o’quvchiga “Ofarin” kartochkasi, to’ldiruvchi o’quvchiga “Rag’bat” kartochkasi, agar o’tirgan o’rinda luqma tashlasa “1 tanga” kartochkasi beriladi
a) O’tilgan mavzular yuzasidan blits–so’rab bilish o’tkazish uchun tezkor savollar:
1. Aylanish jismlari deganda qanday jismlar tushuniladi?
2. Stereometriya bo‘ima nimani o‘rgatadi?
3. Shar deb nimaga aytiladi?
4. Shar sektori nima?
5. Shar segmenti nima?
6. Shar halqasi nima?
7. Shar kamari nima?
8. Shar diametri 2 marta kattalashsa uning hajmi necha marta kattalashadi?
9. Shar hajmi qaysi formula bilan hisoblanadi?
b) savol-javob o’tkazilguncha to’rt nafar o’quvchi quyidagi savollar javobini doskaga yozadi:
1. Shar sektori hajmi qaysi formula bilan hisoblanadi?
2. Shar segmenti hajmi qaysi formula bilan hisoblanadi?
3. Shar halqasi hajmi qaysi formula bilan hisoblanadi?
4. Shar kamari hajmi qaysi formula bilan hisoblanadi?
O’tilgan mavzu yuzasidan test beriladi va uni bajarish uchun uch daqiqa vaqt beriladi hamda javoblar kompyuterda tekshiriladi. Eng ko’p javob topgan guruh “Ofarin” kartochkasi oladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Sferaga tashqi ko’pyoq chizamiz. Bu ko’pyoq sirtining yuzi, ya’ni barcha qavariq ko’pburchaklar yuzlari yig’inqisi ga teng bo’lsin. Ko’yoqning hajmi asosi ko’pyoqning yoqlaridan iborat, uchi esa sferaning O markazida bo’lgan piramidalar hajmlarig yig’indisiga teng.
Har bir piramidaning OA balandligi sferaning R radiusiga teng.Shuning uchun ko’pyoqning hajmi
Ko’pyoqning hajmi sfera bilan chegaralangan sherning hajmidan katta, biroq R+ε radiusli shar hajmidan kichik bo’ladi.
Tashqi chizilgan ko’pyoq yoqlarining o’lchamlari cheksiz kamaytirilganda, ya’ni ε cheksiz kamayganda, ko’pyoq sirti ga yaqinlashadi.
Shunday qilib R radiusli sferaning yuzi formula bilan hisoblanadi, ya’ni to’rtta katta doira yuziga teng bo’ladi.
Yuqoridagi mulohazalardan quyidagi natijalar kelib chiqadi:
1. Shar sektorining yuzi
sferik qismning yuzi, ya’ni
sferik segmentning yuzi
Bu yerda R – shar radiusi,
h – segmentning balandligi.
2. R radiusli sharga tashqi chizilgan ko’pyoqning hajmi
hajmi
bu yerda S ko’pyoq to’la sirtining yuzi.
IV. Yangi mavzuni mustaxkamlash:
Mustaxkamlash uchun savol va masalalar:
1. Doiraning yuzi qaysi formula orqali hisoblanadi?
2. Nima uchun sfera yuzi to’rtta kata doira yuziga teng bo’ladi?
3. Sharning kata doirasi yuzi 3 ga teng. Shar sirtining yuzini toping.
4. Radiusi R ga teng bo’lgan sharning hajmi V, sirtining yuzi S bilan belgilangan.
a) agar R = 4 sm bo’lsa, S va V ni toping;
b) agar V = 4000 sm3 bo’lsa, R va S ni toping;
c) agar S = 64π sm2 bo’lsa, R va V ni toping
O’quvchilarni bilimini baholash:
O’quvchilar to’plagan kartochkalar soniga qarab baholanadi. Ikkita “Ofarin” kartochkasi olgan o’quvchi “5” baho, bitta “Ofarin” kartochkasi olgan o’quvchi “4” baho, ikkita “Rag„bat” kartochkasi olgan o’quvchi “4” baho, bitta “Rag„bat” kartochkasi olgan o’quvchi “3” baho, ikkita “1 tanga” kartochkasi olgan o’quvchi ham “3” baho bilan baholanadi. Qaysi guruhda “Ofarin” kartochkasi bo’lsa shu guruh a‟zolarining baholari bir balldan ko’tariladi.
VI. Uyga vazifa:
618-mashq.
Shar tekislik bilan hajmi 720π sm3 va 252π sm3 bo’lgan bo’laklarga bo’lingan. Shar sirtining yuzini toping.
621-mashq.
Yer sirtining taxminan 75 foizini suv tashkil qiladi. Yerning radiusi 6375 km bo’lsa, yer yuzasi quruqlik qismining yuzini toping.
623-mashq.
Shar shaklidagi radiuslari 10 sm va 20 sm bo’lgan handalaklardan qaysi birini tanlagan bo’lar edingiz? Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |