“Odamlarning sog’lig’i tashqi sharoit bilan chambarchas bog’langandir ” “Agar chang va g’ubor bo’lmasa inson 1000 yil hayot kechirgan bo’lar edi “ Abu Ali Ibn Sino Mavzu: Silikat sanoati - Darsning maqsadi:
- Ta’limiy: O’quvchilarga shisha,sement, keramika mahsulotlari kundalik turmushda ishlatilishi, hayotimizdagi ahamiyati haqida bilim berish , ko’nikma va malakalarini shakllantirish ,kimyo faniga qiziqishlarini oshirish, o’quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish
- Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’zaro hurmat, do’stlik, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’quvchilarni Vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash
- Rivojlantiruvchi: O’quvchilar olgan bilimlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash va dunyoqarashini kengaytirish
Dars turi: Yangi bilimlarni o’rganuvchi Dars uslubi: Aqliy hujum, guruhlar bilan ishlash, “Baliq skeleti” metodi, Klaster Dars jihozi: Darslik,proektor, ekran,davriy jadval, tarqatmalar, kimyoviy jihoz va reaktivlar Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quv qurollar, xona tozaligi, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish, ma’naviy va ekologik daqiqa,guruhlarga bo’lish Navbatchi axboroti, yurtimizdagi bo’layotgan voqea , hodisalar , ma’naviy va ekologik daqiqa “Muammoli vaziyat” metodi “Global isish nima?” “ Siz yoqtirgan raqam ” o’quvchilar davriy jadvaldagi element nomlarini ketma –ketlikda aytishadi. - “ Siz yoqtirgan raqam ” o’quvchilar davriy jadvaldagi element nomlarini ketma –ketlikda aytishadi.
- “ Xotira mashqi ” guruhlarga formulalar tarqatiladi ular izohlab berishadi. “Blits –so’rov” metodi
- “ Topqirlar “guruhi
- 1.Kremniy yer yuzida necha foiz tarqalgan? 2.Kremniyni kim kashf qilgan? 3.Kremniy (IV) oksidining formulasi? 4.Davriy jadvalda kremniy qaysi guruhda joylashgan? 5. Silanning formulasi?
-
III. Yangi mavzu bayoni: - Tabiiy silikatlar va kremnezem shisha, farfor va fayans, keramika buyumlari, qurilish va bog'lovchi materiallar tayyorlashda ishlatiladi.Angrenda ko'mir bilan bir qatorda kaolin ham ishlab chiqariladi. Kaolin silikat sanoati uchun muhim xomashyodir.Shisha. Oddiy oyna yoki boshqa shishalarni kremniy (IV)-oksid (kvars, qum holida) va kalsiy karbonatni (ohaktosh, marmar holida) natriy karbonat (soda holida) bilan suyuqlantirib olinadi:
- CaCO3+SiO2=CaSiO3+CO2 Na2CO3+SiO2=Na2SiO3+CO2
-
- Hosil bo'lgan shisha - kalsiy va natriy silikatlaming kremniy (IV)-oksid bilan qotishmasidir. Bunday shishaning kimyoviy tarkibini taxminan Na2O*CaO*6SiO2 formula bilan ifodalash mumkin.
Rangli shishalar - Suyuqlantirilgan shisha sovutilganda darrov qotmasdan asta quyuqlashadi, qovushoqligi ortadi. Bu esa unga har qanday shakl berish imkonini yaratadi. Sovib borayotgan yarim quyuq massadan deraza oynalari, tola, naychalar, puflash yoki presslash orqali buyumlar tayyorlash mumkin. Shishaning xossalari uning tarkibiga bog'liq. Shisha tayyorlash uchun shixta tarkibiga natriy karbonat o'miga kaliy karbonat (potash) olinsa, kimyoviy idishlar tayyorlash uchun pishiq, qiyin suyuqlanuvchi shisha, potash va qo'rg'oshin (Il)-oksid olinsa - xrustal - nurni kuchli sindiruvchi, og'ir shisha olish mumkin. Rangli shishalar turii moddalar qo'shib olinadi. Kobalt (Il)-oksid shishaga ko'k rang, xrom (Ill)-oksid yashil rang, temir (Il)-oksid to'q yashil rang, mis (I)- oksid qizil rang beradi. Oltin qo'shilsa faqat qizil nurni o'tkazuvchi rubin shisha sim olish mumkin. Shisha tolalardan issiqlik va elektroizolatsiyalovchi xususiyatli gazlamalar, kislotaga chidamli materiallar tayyorlanadi.
Silikat sanoati mahsulotlarining ishlatilishi Silikat sanoati mahsulotlari - Hozirgi vaqtda
- chiqindisiz tex-
- nologiyalarni joriy qilish zamon talabidir.
- Chiqindining “umri”:
- Qog’oz – 2-10 yil
- Konserva banka – 90 yil
- Sigareta filtri – 100 yil
- Plastik paket – 200 yil
- Plastmassa – 500 yil
- Shisha – 1000 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |