Mavzu: Ch tovushi va Ch harflarini mustahkamlash.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Ch tovushi, Ch ch harfi.
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ch tovushini talaffuz qilish va Ch ch harflarini
o’rgatish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”,
“Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma
testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars
oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsadi
Maqsadlar:
Ta’limiy:
O‘quvchilarni Ch tovushiva Ch harflari bo‘yicha olgan bilimlarini
mustahkamlash . O‘quvchilarni Ch tovushini so‘z tarkibida to‘g‘ri talaffuz qilishga
, ch harfli bo‘g‘in , so‘zlarni o‘qishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy:
Tabiatdagi osmon jismlari va hayvonlarning foydali tomonlarini
aytish , o‘quvchilarni chaqqonlikka, ozodalikka o‘rgatish va mehnatsevarlik
fazilatini tarbiyalash .
Do'stlaringiz bilan baham: |