Dasrning turi: Noan`anaviy
Darsning usuli:’’ Kim chaqqon’’,’’Aqliy hujum’’,tushuntirish……..
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning borishi;
Ish turi
|
Belgilangan vaqt
|
1.Darsning tashkiliy qismi:
|
7-daqiqa
|
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
10-daqiqa
|
3.Yangi darsni tushuntirish.
|
15-daqiqa
|
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
10-daqiqa
|
5.Uyga vazifa.
|
3-daqiqa
|
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O’quv qurollarini nazorat qilish.
5. Sinf ozodaligini aniqlash. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
‘’Aqliy hujum’’ metodi.
1.Diffuziya nima?
2.Tarkibning doimiylik qonuni qachon ,kim tomonidan kashf etilgan?
3.Massaning saqlanish qonunini kim kashf etilgan?
.........................................................
Yangi darsni tushuntirish.
Kimyoviy reaksiyalar turli belgilar asosida sinflanadi.
Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar (reagentlar) va reaksiya mahsulotlari sonining o‘zgarishi asosida hamda energiya yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi
Dastlabki reagentlar va mahsulotlar sonining o‘zgarishi asosida quyidagi tiplarni ajratamiz
1.Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi:
2. Parchalanish reaksiyalarida bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo‘ladi:
3. O‘rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o‘rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo‘ladi:
4.Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o‘zaro o‘rin almashadi:
Kimyoviy reaksiyalarning davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ham ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.
Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.
Kimyoviy energiyani issiqlik, nur, mexanik, elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ko‘pincha kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga va aksincha issiqlik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.
Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti (Q) deb ataladi.
Reaksiyaning issiqlik effekti hosil bo‘layotgan va uzilayotgan bog‘lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi va kilojoullarda (kJ) ifodalanadi.
Ekzotermik reaksiya.
Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo-tashqari) reaksiyalar deb ataladi
Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “+”(plyus) ishora bilan ko‘rsatiladi:
Fe + S = FeS + 96 kJ; S + O2 = SO2 + 297 kJ.
Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo-ichkari) reaksiyalar deb ataladi.
Bu reaksiyalarda issiqlik effekti “-” (minus) ishora bilan ko‘rsatiladi:
N2+O2=2NO—181 kJ;
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.Kimyoviy reaksiyalarning har bir turiga misollar keltiring.
2.Quyidagi reaksiyalarni tugallang va sinflang:
Al(OH)3→
|
Na2O+P2O5→
|
CuSO4+Fe
|
Ca(OH)2+P2O5→
|
Na2CO3+SiO2→
|
H2O2→
|
Na2SiO3+H2SO4→
|
N2+H2→
|
3.Reaksiyaning issiqlik effekti nima?
4.Kimyoviy energiya deb qanday energiyaga aytiladi?
O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
.
Do'stlaringiz bilan baham: |