DARS KONSPEKTINI TUZISH USLUBIYATI
REJA:
1.Yilning turli fasllarida jismoniy mashg’ulotlarni o’tkazish uslubi
2.Tarbiyachining jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini baholash.
3.Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya ish formalaridan
4.Hamda jismoniy qo’llanmalar tayyorlash usullari bilan tanishadilar.
KIRISH
Jismoniy mashg’ulotlarning ahamiyati va bolalar bog’chasining kundalik rejimida ularning tutgan o’rni. Jismoniy mashg’ulotlar bolalarni jismoniy
mashqlarga uyushqoqlik bilan, sistemali suratda o’rgatishning asosiy formasidir. Bola organizmining ish qobiliyati munosabati bilan jismoniy mashg’ulotlarning tuzilish sxemasi.. Jismoniy mashqlarni tanlash va birga qo’shib olib borish. Jismoniy qo’llanmalaridan foydalanish.Mashg’ulot
har bir qismining tuzilishi, mazmuni va ularga doir uslubiy ko’rsatmalar.Jismoniy mashqlarni bajarishda ehtiyot choralarini ta’minlash va mayib bo’lishlikning oldini olish.Yilning turli fasllarida jismoniy mashg’ulotlarni o’tkazish uslubi. Ilk yoshdagi bolalar bilan va yosh jihatdan aralash gruppalarda jismoniy mashg’ulotlarni o’tkazish uslubi. Tarbiyachining jismoniy mashg’ulotlarini baholash. Bilimlarini o’zlashtirib olishi, jismoniy mashqlarni to’g’ri va tez bajarishi ustidan nazorat qilish. Bolalarning mashg’ulotgacha va mashg’ulotdan keyingi ahvoli va hatti-harakatini kuzatish. Jismoniy mashg’ulotlarini o’tkazishni tahlil qilishga doir savollar.
Kichik va o‘rta guruhlardan jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’tkazish uslubi (Nazariy)Yilning turli fasllarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish .kichik va o‘rta guruhlarda va yosh jihatdan aralash guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish uslubi. Tarbiyachining jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini baholash. Bilimlarni o’zlashtirib olish, jismoniy mashqlarni tez va to’g’ri bajarishi ustidan nazorat qilish.
Katta va tayyorlov guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’tkazish uslubi (Nazariy)Katta va tayyorlov guruhlarda o’qituvchining topshirig’iga binoan mashg’ulotni qismlarga bo’lgan holda
plan - konspektini tuzish, o’tkazish va tahlil qilish.O’quvchilarga jismoniy tarbiya mashg’ulotini har bir qismini dastur bo’yicha
tuza olishga, mashg’ulot plan konspektini tuzish va o’tkazishga o’rgatish.
Kichik va o‘rta guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotini plan – konspektini tuzish (Amaliy)O’quvchilarga jismoniy tarbiya ish formalaridan jismoniy tarbiya mashg’ulotini va kundalik hayotda olib boriladigan jismoniy mashqlarni mustaqil olib borishni talab qilish.O’quvchilar amaliyotda bajaradigan mashg’ulotlarga ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotini plan – konspektini tuzish (Amaliy)Katta va tayyorlov guruhlarda mashg’ulotning
har bir qismini tuzilishi, mazmuni va ularga doir uslubiy ko’rsatmalar berish , farqlashga o’rgatish.Turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya ish formalaridan jismoniy tarbiya mashg’ulotini va kundalik hayotda olib boriladigan jismoniy mashqlarni mustaqil olib borishni talab qilish.
Mustaqil ish. Amaliyotda jismoniy tarbiya mashg’ulotini mustaqil bajarish va tahlil qilish. O’quvchilarga dastur bo’yicha turli yosh guruhlarga mashg’ulot
konspektini berish