Dars jarayonida qo’llaniladigan dam olish daqidalari va
she’riy to’plamlar
O’qituvchilar o’quvchilarga ta’lim –tarbiya berish jarayonida turli xil harakatli o’yinlardan, quvnoq daqiqalardan foydalanar ekan, ularni o’rgatishda muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. Dam olish daqiqalarini tanlash va tashkiletishda quyidagi omillatni hisobga olish kerak.
-o’quvchilar uchun eng asosiy dars jarayonida qo’llaniladigan dam olish daqiqalari mavzuga mos bo’lishi;
-o’tkaziladigan joy,ko’rgazmali qurollar tanlab olinishi;
-barcha harakatlar jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini xisobga olinishi kerak.
O’quvchilarning intelektual rivojlanishi nafaqat o’qish vaqtida, balkio’yin jarayonida hammustahkamlanib boriladi. Dam olishuchun tanlangan didaktik ashyolar mazmun va g’oyasi o’quvchilarda qisqacha tushuntirilgach, uning mazmunida ifodalangan harakatlar o’quvchilarga bajartiriladi. O’quvchilar she’rlarni o’qituvchi bilan birgalikda aytadilar.
Dam olish daqiqalari bolalar uchun yozilgan quvnoq kuylar hamohangligida o’tkazilsa, bolalarda a’lo kayfiyat hosil qiladi. Ularni keying beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni qabul qilishga ijobiy tayyorlaydi.
Berilgan didaktik ashyolarni o’qituvchilar dars jarayonlarida mavzusiga mosini tanlab olib foydalansalar maqsadga muofiq bo’ladi.
Yer katta, bizlar kichik,
Ammo bizlar ko’pchilik.
Maqsadimiz yagona,
Dunyoda bo’lsin tinchlik.
Hoy mening barmoqlarim.
Men senga jon beraman,
Agar chiroyli yozsang,
Senga rahmat aytaman.
Hamma so’zlar ichida
“Salom” sevgan so’zimiz
Tilimizni bu so’zga
O’rgatgan ham o’zimiz
Bizlar deymiz doimo
“Assalomu alaykum”
Ruchka deydi yozavergin
Ilim konin qazavergin
Faqat meni sindirmagin
Ayab, asrab tindirmagin
Barmoq-barmoq o’ynaymiz
Quvnoq chapak chalamiz
Qo’llarimiz chiroyli
Odob bilan o’tiramiz
“2” bizga do’st emas
“3” ni yomon ko’ramiz
“4” bo’lsa ham mayliga
“5” dir bizning do’stimiz
Qani ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi
Menman bugun navbatchi
Gullarga suv quyuvchi
Doskani ham artuvchi
Sanani ham aytuvchi
Bugun sana…..
So’zlang hozir qaysi dars?
Tayyormisiz saboqqa?
A’lo baho olish uchun
Aniq, to’g’ri javobga
Matematika bu qanday fan?
Nimalarni u o’rgatar?
Bilimlarni oshirishga?
Balki yordam ham berar?
Qani ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi
Matematika kerak
Har bir o’g’il qizga
Bilimlarni oshirib
Soladi to’g’ri izga
O’ng qo’limga besh barmoq
1,2,3,4,5,
Chap qolimga besh barmoq
1,2,3,4,5,
Ikkalasi birlashib rosa bo’lar
O’n barmoq
Bir degan sanoq sonman
Sanash uchun osonman
Bitta yurak, bitta bosh
Bitta oyu, bitta quyosh
Ota-ona yagona
Yer shari ham bir dona
Kecha, avval, ilgari
O’tilganlarning bari
Takrorlab qilma chalkash
Bu axir- mustahkamlash
Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir
O’tib olsak sinovdan
Bu hammadan yaxshidir
Bilsangiz men “Ot” bo’laman
O’simlikman, hayvonman
Shayar hamda daryoman
Gazeta-yu, jurnalga
Insonlarga ham nomman
Kelishik, ega bilan
Turlanuvchi men “Ot” man
Men “Fe’l” man otga elman
Chopaman va yuguraman
O’tiraman , turaman
Yozamanu chizaman
Quraman yo buzaman
O’qiymanu, to’qiyman
Hammasini birpasda
Eplaymanu, ulguraman
Milt-milt yulduzchalarimiz
Kelajak g’unchlarimiz
O’ylaymiz va izlaymiz
Yaxshilikni ko’zlaymiz
Ayiq o’ngga qaradi
Ayiq chapga qaradi
Qo’li bilan o’ynadi
Astagina o’tiradi
Go’zalman, chiroyliman
Ba’zan, issiq-sovuqman
Shirin yoki achchiqman
Qora, qizil, sariqman
Aniqlayman topaman
Qanday? deb so’roqlayman
Saflar mensiz tizilmas
Qaramlar ham tuzilmas
“ Nechanchi?” va”Qanchadan?”
So’roqlarsiz ish bitmas
O’g’illarimiz-qizlarimiz
Lo’ppi shirmoy yuzlarimiz
O’zbekiston ertasi
Kelajagi bizlarmiz
Men ertalab turaman
Quyosh ko’kga chiqmasdan
Yuz-qo’limni yuvaman
Erinchoqlik qilmasdan
Yomg’ir, yomg’ir yog’ma ko’p
Toqatimni qilding ho’p
Yomg’ir, yomg’ir erinmas
Lekin qo’lga ilinmas
Derazani ochaman
Havo toza bo’lsin deb
Fizkultura qilaman
Tanim kuchga to’lsin deb
Men bo’riman, bo’riman
Hayvonlarning zo’riman
Shirin hayol suraman
Quyoshni hush ko’rman
Boqqa kirsam olmalar
Qib qizarib pishibdi
Silkitibdi shamollar
Yerga to’p-to’p tushibdi
Qushlar bunday uchadi
Baliq bunday suzadi
Ayiq bunday yuradi
Bizlar bunday yuramiz
Astagina o’tiramiz
Mevalarni yuvmasdan
Pala-partish yemangiz
Kiyin ming afsus qilib
Voy-voy qornim demangiz
Elakdan un elandi,
Supra unga belandi.
Xamir qildik ko’pgina
Kulcha yopdik tezgina.
Quyosh charaqlab ketdi
Olam yaraqlab ketdi
Chiroyli yozgan edim
Shamol varaqlab ketdi.
Quchoq-quchoq gul terdik
Gul terdigu mo’l terdik
Yaxshisini saralab
Ustozimizga berdik
Qo‘llarimiz ishlatamiz,
Oldi tomon ko‘rsatamiz,
Orqa tomon cho‘zamiz,
Quvnab qarsak chalamiz.
Bobomiz mir Alisher
Besh dostonni yaratgan.
O‘zbek xalqin dunyoga
Ko‘z-ko‘z qilib taratgan.
Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qornida
Sabzisini quyoncha.
Kulrang g’ozlar uchdilar,
Ko’lmakchaga qo’ndilar.
U yon-bu yon qarashib
Yana uchib ketdilar.1,2,3…..
Shamol deydi esaman,
Daryo deydi oqaman.
Daraxt deydi o’saman,
Yomg’ir deydi yog’aman.
Daraxt tagin yumshatamiz,
Daraxtga suv quyamiz.
Daraxtim o’sib ketdi,
Bo’yi osmonga yetdi.
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Halqasi tushib qoldi,
O’tirdi yig’lamoqqa.
Yozib charchar qo‘limiz,
O‘qib tolar ko‘zimiz.
Boshimiz qo‘yib asta,
Dam olamiz ohista.
Hoy olma, olma, olma,
Meni ovora qilma.
Biroz egil, bo‘y cho‘zay,
Olmalaringdan uzay.
Ayiq yurar lapanglab,
Quyon yuradi sakrab.
Ayiqning uyi katta,
Quyonniki kichkina.
Baliq kabi suzamiz,
Shamol kabi esamiz.
Biz bilag‘on bolamiz,
Qushdek parvoz etamiz.
Pingvin xola pazanda,
Piyoz, sabzi qozonda.
Peshin palov pishsin deb,
Ish boshlagan azonda.
Sumalakjon, sumalak,
Buncha shirin bo‘lmasang.
Qariyalar kovlaydi,
Senga mehr tilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |