Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron, G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, “Nigora!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar. Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdan judo bo’lmoq, Mening ohim o’tig’a bul zamin-u osmon o’rtar. Yurakda dard-u g’am qat – qatki, menda qolmadi toqat, Agar bir zarrasin bul vaqt desan, ishqi bayon o’rtar. Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, Unum chiqsa yurakdin, bu tan-u jon, ustixon o’rtar.
Do'stlaringiz bilan baham: |