SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIM MUASSASALARINI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMI TASARRUFIDAGI
30-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
BOBOYOROVA MAVLUDANING
O’QISH FANIDAN
DARS ISHLANMASI
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
5 daqiqa
|
3
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
7 daqiqa
|
6
|
Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish.
|
5 daqiqa
|
Mavzu:
|
“Qor”. (Zafar Diyor)
|
Maqsad va vazifalar
|
O’quvchilarning ongli, to’g’ri, ifodali va qiroat bilan o’qish malakalarini takomillashtirish. O’quvchilarning yil faslllari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, nutq ko’nikmalarini shakllantirish. Tabiatni sevishga va qadrlashga o’rgatish.
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
Qish fasli haqidagi tushunchalarini takomillshtirish. Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, test, “Yelpig’ich” texnologiyalaridan foydalanish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: suhbat, ifodali o’qish, “Yelpig’ich” texnologiyasi, o’yin va musobaqalar.
Shakl: dars, guruhlarda va jamoalarda ishlash.
Vosita: “Qor” she’ri yuzasidan multimedia ilovasi, rasmlar va turli topshiriqlar.
Usul: qish fasli haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiluvchi qo’shimcha materiallar.
Nazorat:Ifodali o’qish, og’zaki nazorat va savol javoblar,test.
Baholash:Rag’batlantirish “5” balli tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi:
Tog’ri va ongli, ifodali o’qishning takomillashuviga erishish. Mashg’ulotda o’quvchilarning faol qatnashuviga erishish. Ularning o’qish mativlarini qo’zg’ash va qiziqtirish. O’quvchilarni faollashtiruvchi yo’llarini belgilash va qo’yilgan maqsadga to’liq erishish.
O’quvchi:
Turli mashqlar va topshiriqlar vositasida tez o’qish malakalari, nutq malakalari takomillashadi, qish fasli haqidagi tushunchalari kengayadi, tabiatga muhabbat shakllanadi. She’r matni bilan mustaqil ishlaydi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi:
Ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va boshlang’ich ta’limda uni ko’proq qo’llash yo’llarini izlash va takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Boshlang’ich o’quvchilarida o’qish materiallarini o’stirish ustida ishlash. Darsni hayotiy tajribalar bilan bog’lash.
O’quvchi:
o’z fikrini erkin bayon etishga o’rganish. O’rganganlar asosida bilimlarni boyitish, o’rtoqlari fikrlarini ma’qullash yoki yangi fikrlarini aytishga o’rganish.
|
DARSNING MAQSADLARI:
Ta’limiy maqsadi:
Zafar Diyorning “Qor” she’rini o’qish orqali o’quvchilarning ifodali o’qish ko’nikmalarini o’stirish. Tabiat hodisalari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsadi:
Tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash. Hamjihatlikda ishlashda, do’stlik, o’zaro hurmat hislarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi:
Erkin fikrlash ko’nikmalarini, og’zaki nutqlarini, tabiat haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
Dars tipi:
Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi:
Suhbat, izlanish va muammoli juftlikda ishlash, ifodali o’qish, “Topib o’qi!”mashqi, “Qishki sport turini top!” o’yini
Dars jihozi: multimediali ilova, didaktik va tarqatma materiallar, tez aytish va topishmoqlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
O’quvchilarni darsga hozirlash.
O’qituvchi:
Hozir darsimiz qaysi dars?
O’quvchi:
Darsimiz o’qish darsi,
O’qish va uqish darsi.
O’qiymiz sharros-sharros,
She’r yodlaymiz tez va soz.
O’qituvchi:
Darsning shiori:
O’quvchilar:
Biz nimaiki qilmaylik,
Barchasi zarur kerak.
Bilim egallash uchun
Tinimsiz o’qish kerak.
O’qituvchi:
-Hozir qaysi fasl?
-Qish faslida qanday bayramlar nishonlaniladi?
-2016-yil qanday nomlangan edi?
-2017-yil qanday nomlandi? . . .
O’qituvchi:
Hozir guruhlarga bo’linib olamiz.
1-guruh “Archa”
2-guruh “Qorbobo”
3-guruh “Qorqiz”
OLTIN QOIDALAR
-
DARSDA FAOL BO’LISH.
-
VAQTDAN UNUMLI FOYDALANISH.
-
O’ZARO HURMAT.
-
O’NG QO’L QOIDASI.
-
O’ZGALAR FIKRINI QADRLASH.
-
YANGILIKLAR SARI INTILISH.
2.Uy vazifasini so’rash va mustahkamlash.
Latif Mahmudovning “Ayrilganni . . .” hikoyasi mazmunini so’rash va ifodali o’qitish. Video ilova orqali test topshiriqlari:
1. “Qorqiz” she’rining muallifi kim?
a) Anvar Obidjon b)Latif Mahmudov d)Miraziz A’zam e)Ilyos Muslim
2. “Qish” she’rining muallifi kim?
a)Zafar Diyor b) Po’lat Mo’min d)Xurshid Davron e) Ilyos Muslim
3.O’jar barg nima uchun do’stlari bilan ketmadi?
a)qorni ko’rmoqchi bo’ldi b)o’zi yolg’iz yashashni istadi d)yerga tushib chirib ketishni istamadi e)qish kelishini kutmoqchi bo’ldi
4.O’jar bargning ahvoli nima bo’ldi?
a)nom-nishonsiz yo’qoldi b) uchib ketdi d)bahorni kutib oldi e)chirib ketdi
5. “Ayrilganni …” hikoyasining muallifi kim?
a)Tursunboy Adashboyev b)Latif Mahmudov d)Quddus Muhammadiy e)Vafo Fayzulloh
Tez aytish mashqi beriladi va o’quvchilar tez aytishlar aytadilar.
Tez aytish:
Qishda qatiq qattiq qotib qoldi. . . .
3.Yangi mavzuni tushuntirish.
-Bolajonlar qishning ziynati nima?
-Bugun biz Zafar Diyorning “Qor” she’rini o’qiymiz.
-Biz Zafar Diyorning qanday she’rlarini o’qiganmiz?
-“Kapalak”, “Qish zavqi”, “Tabassum”.
(O’quvchilarga Z. Diyor haqida qisqacha ma’lumot beriladi). Multimediali ilovada qish manzarasi tasvirlangan videolavha namoyish qilinadi va she’r matni o’qiladi. She’r matni yuzasidan savol javob o’tkazish.
-She’r nima haqida ekan?
-Siz qish faslida qanday o’yinlar o’ynaysiz?
(O’quvchilar javoblari tinglanib, to’ldiriladi va tarbiyaviy xulosa chiqariladi.)
“Qishki sport turini top” o’yini.(Videolavha orqali o’ynaladi.)
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilarga “Qor” she’rini navbat bilan o’qitish. She’r mazmunini hikoya qildirish.
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. (“Qor” qo’shig’iga mos harakatlar bilan o’ynaladi.)
“Topib o’qi” mashqi o’tkaziladi.
“Yelpig’ich” texnologiyasi.
5.Darsga yakun yasash va baholash.
-Bolajonlar bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
(O’quvchilar faoliyatini tahlil qilib, ballarini e’lon qilish.)
-Dars faollarini rag’batlantirish.
6. Uyga vazifa.
“Qor” she’rini yod olish. She’r mazmuni asosida rasm chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |