Dars tipi: Yangi bilim berish
Dars metodi: Fizik diktant,”O’zing top” o’yini,kichik ma’ruza,”Formulani top” topshirig’i,
Darsning jihozlari:darlik,taxta,qo’shimcha adabiyotlar ,tarqatma materiallar, baholash kartochkalari,mavzuga doir prezentatsiya.
Tayanch so’zlar:Davriy harakat,tebranma harakat,tebranish amplitudasi ,garmonik tebranishlar,tebranish davri,tebranish chastotasi,siklik chastotasi.
Darsning shiori:Kelib ketma- bilib ket, o’qib ketma –uqib ket!
Dars modeli
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt
|
Metodlar
|
Kompetensiya
|
Kerakli materiallar
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
Savol-javob
|
TK-1
|
Darslik,daftar,ruchka
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash( Uyga vazifa)
|
12 daqiqa
|
”O’zing top” o’yini
|
TK-2,
TK-6,
PK-1
|
Tarqatma materiallar,ruchka
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
Kichik ma’ruza
|
TK-2,
PK-3
|
Elektron doska,videoproektor ,mavzuga doir slayd taqdimoti
|
4.
|
Darsni mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
Fizik diktant,
Formulani top o’yini
|
TK-2,
PK-1
|
Tarqatma materiallar,ruchka
|
5.
|
Baholash
|
3 daqiqa
|
O’z-o’zini baholash
|
TK4,TK3
PK1,PK3
|
Tarqatma baholash kartochkalari
|
6.
|
Darsni yakunlash
|
2 daqiqa
|
Savol-javob,
topshiriq
|
TK-3
|
Darslik,slayd
|
Darsning tashkil etilishi:
Sinf darsga tayyorlanib sinf o’quvchilari o’qituvchi tayyorlagan emblemalarni olib, o’zlarining joylarini egallaydilar.
Salomlashish,davomatni aniqlash.
O’quvchilarning darsga hozirligi ko’rib chiqilib,guruhlarga bo’linadi.Ekranga slayd taqdimoti qo’yiladi.
I guruh-“Amplituda”
II guruh-“Chastota”
II.Uyga vazifani so’rash. O’qituvchi oldindan o’tilgan mavzulardan jadval ko’rinishda fizik kattaliklarning bosh harfini yozib qo’yadi.Jadvalning bo’sh kataklariga o’quvchilar berilgan bosh harf qaysi fizik kattalik ekanini va uning formulasini yozib chiqishadi.
”O’zing top” o’yini
Fizik kattalikning belgilanishi
|
Fizik kattalikning nomi
|
Kattalikning fizik formulasi
|
P
|
|
|
M
|
|
|
υ
|
Torricheli formulasi
|
|
F
|
Darajali polispast
|
|
R
|
Halqa radiusi
|
|
Javobi:
Fizik kattalikning belgilanishi
|
Fizik kattalikning nomi
|
Kattalikning fizik formulasi
|
P
|
Suyuqliklarda bosim
|
P=ρgɦ
|
M
|
Kuch momenti
|
M=F·l
|
υ
|
Torricheli formulasi
|
υ=2gh
|
F
|
Darajali polispast
|
|
R
|
Halqa radiusi
|
|
III.Yangi mavzu bayoni.
Turmushda uchraydigan harakatlarning ba’zilari teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi. Bunday harakatlar davriy harakatlar deyiladi. Davriy harakatlar orasida jismning muvozanat vaziyati atrofida goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga qiladigan harakati ko‘p uchraydi. Jismning bunday harakati tebranma harakat yoki qisqacha tebranishlar deyiladi. Muvozanat vaziyatidan chiqarilgan jismning o‘z-o‘zidan ichki kuchlar ta’sirida qiladigan tebranishlari xususiy (erkin) tebranishlar deyiladi.
Tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidan uzoqlashish masofasi uning siljishi (x) deyiladi. Muvozanat vaziyatdan eng katta chetlashishga tebranish amplitudasi (A) deyiladi.Mexanik tebranishlarni kuzatish uchun prujina uchiga mahkamlangan yukning tebranishlari bilan tanishaylik.
Bu rasmdagi prujinaga mahkamlangan yuk gorizontal sterjenda ishqalanishsiz harakatlana oladi, chunki sharchaning og‘irlik kuchini sterjenning reaksiya kuchi muvozanatlaydi.
Agar muvozanat holatida turgan yukni o’ng tomonga A masofaga cho’zib qo’yib yuborsak,yuk cho’zilgan prujinada hosil bo’lgan elastiklik kuchi ta’sirida muvozanat vaziyati tomon harakat qila boshlaydi.
Yuk muvozanat vaziyatiga yetib kelgach, uning siljishi (x) nolga teng bo‘lganligi uchun elastiklik kuchi nolga teng bo‘lib qoladi. Lekin yuk inersiyasi tufayli chap tomonga qarab harakatlana boshlaydi. Prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchining moduli ham orta boradi. Lekin elastiklik kuchi doim yukning siljishiga teskari yo‘nalganligi uchun, u yukni tormozlay boshlaydi. Natijada yukning harakati sekinlasha borib, nihoyat u to‘xtaydi. Endi yuk siqilgan prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchi ta’sirida yana muvozanat holati tomon harakat qila boshlaydi.
Davriy ravishda tebranayotgan tizimning vaqt davomida qaysi qonun bo‘yicha o‘zgarayotganligini aniqlash uchun voronkaga qum to‘ldirib, uni ip bilan osib, tebrantirib yuboraylik. Voronkaning tebranish jarayonida uning tagidagi karton qog‘ozni bir tekis torta boshlasak, qumning qog‘ozidagi
izning sinusoida shaklida ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: Davriy tebranayotgan jismning siljishi vaqt o‘tishi bilan sinuslar yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Bunda siljishning eng katta qdiymati amplituda A ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |